Rustam Azimov nega Tojikistonga boradi

© Sputnik / Aleksey DanichevRustam Azimov
Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh vazir o‘rinbosarining tashrifidan asosiy maqsad o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni muhokama qilishdir

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Rustam Azimov hamkorlikning turli masalalarini muhokama qilish uchun 26-dekabr kuni Dushanbega tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.

Muzokaralarning asosiy mavzusi ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar bo‘ladi.

Tojikiston tomonidan muzokaralarda bosh vazir o‘rinbosari Davlatali Said ishtirok etadi. Tojikiston vazirlar mahkamasidagi manbaning Sputnikka aytishicha, muzokaralar uchun mavzular juda ko‘p. Ayrim masalalar yuzasidan yakuniy qarorlar qabul qilinishi ham mumkin.

"Xususan, mamlakatlarimiz o‘rtasida temir yo‘l va avtobus qatnovini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilishi mumkin, bojxona idoralari o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishga kirishishgan. Viza tartibi mavzusi muhokama qilinadi, lekin hozircha bu borada aniq bir narsa deyish qiyin", — dedi manba.

Eslatib o‘tamiz, ikki davlat o‘rtasida 2010-yilda viza tartibi joriy etilgan.

Avtobus - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Tojikiston hukumati O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni ilk marta oliy darajada bo‘lib o‘tadigan biznes-forum mustahkamlashi kutilmoqda. 

Bundan tashqari, o‘zaro talabalar almashinuvi, shuningdek, san’atkorlarning gastrollari borasida ham kelishuvlarga erishilishi mumkin.

Markaziy Osiyo bo‘yicha ekspert Aleksandr Shustovning fikricha, ikki davlat orasidagi munosabatlarning iliqlashuvida Shavkat Mirziyoyevning ulkan hissasi bor, chegaraoldi muammolarining hal qilinishi esa butun mintaqadagi mamlakatlar uchun manfaatli bo‘lgan barqarorlikning mustahkamlanishiga olib keladi.

Yangiliklar lentasi
0