Mirziyoyev O‘zbekistonni O‘rta Osiyoning eng rivojlangan mamlakatiga aylantirishi mumkin - ekspert

© Sputnik TadjikistanEkspert Aleksey Bichkov
Ekspert Aleksey Bichkov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDH Siyosiy izlanishlar instituti rahbari, siyosatchi Aleksey Bichkov, yangi prezident kelishi bilan O‘zbekiston va O‘rta Osiyo hududida nimalar o‘zgarishini aytib o‘tdi.

TOShKENT, 15dek — Sputnik. MDH Siyosiy izlanishlar Instituti rahbari Aleksey Bichkov Sputnik muxbiri bilan muloqotda bo‘lib, O‘zbekistonda yuz berayotgan siyosiy o‘zgarishlar haqida o‘z fikrini bildirdi.

"Janob Islom Karimov konservator siyosatchi edi. Mirziyoyev esa progressiv siyosatchi. Buni yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovlar yaqqol namoyish qildi. Har bir kishi alohida ovoz berishiga imkon yaratilishi, ko‘zi ojizlar uchun maxsus alifboda bulletenlar chiqarilishi — bularning hammasi O‘zbekistonda demokrat ik o‘zgarishlar tomonga qo‘yilgan qadamlar bo‘ldi.

Shu bilan bir vaqtda O‘zbekistonda oldingi tizim tartib qoidalpriga o‘rganib qolgan siyosatchi va boshqaruvchilar hali ko‘p. Shuningdek, O‘zbekistonda qarindosh-urug‘chilik aloqalari ham juda kuchli. Ushbu sabablarga ko‘ra mamlakatda o‘rnatilgan tartib-qoidalarni keskin o‘zgartirish oson bo‘lmaydi, deb o‘ylayman.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev har bir tuman va shaharda "Xalq qabulxonalari"ni ochishni buyurdi

Mirziyoyev sekin-asta, isloholar yo‘li bilan O‘zbekistonda yangi boshqaruv tizimi (format)kirita boshlaydi. Agar Mirziyoyev mana shu ishning uddasidan chiqsa, O‘zbekiston O‘rta Osiyoning eng progressiv mamalkatiga aylanishi mumkin. Bu nafaqat demokratiya sohasida balkim iqtisodiyot sohasiga ham taaluqli. Chunki O‘zbekistonda kuchli savdo-sanoat salohiyati va inson resurslari bor.

Demokratiya sohasida Mirziyoyev boshlagan ijobiy islohotlar allaqachon ko‘rina boshladi. Masalan, hali prezident bo‘lmasdan turib, u Hukumatni nafaqat prezident oldida balkim xalq oldida ham hisobot berish tartibini e’lon qildi.

Ushbu islohotlar nafaqat ichki, balkim tashqi siyosatiga ham ta’sir qiladi. Mirziyoyev davlat boshiga kelgan zamon qo‘shni mamlakatlar bilan mavjud bo‘lgan nizolarni bartaraf qilib aloqalarni mustahkamlashga kirishdi. Masalan, Qirg‘iziston bilan chegara mojarosi izchil hal qilina boshlandi, Tojikiston bilan iqtisodiy aloqalar tiklana boshlandi. Umuman aytganda, O‘zbekiston ushbu sohaga birinchi bo‘lib qadam qo‘yar ekan,  hududda o‘zining yetakchilik o‘rnini yana bir bor tasdiqladi desak adashmaymiz", — dedi Aleksey Bichkov.  

Yangiliklar lentasi
0