Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga yangi hokim tayinladi

© Sputnik / Mixail GenisSamarqand viloyatiga kirish
Samarqand viloyatiga kirish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Himmat Oqbo‘tayev Samarqand viloyati hokimi etib saylangan

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. 15-dekabr kuni Hukumat portalida Samarqand viloyatining endilikda sobiq hokimi Zoyir Mirzayev bundan buyog‘iga Bosh vazir o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksining rahbari lavozimida faoliyat yuritishi haqida ma’lumot berilgan edi.

Samarqand viloyati hokimi lavozimiga kim tayinlanishi esa shu kungacha noma’lumligicha qolayotgandi.

O‘zbekistonda yoppasiga kadrlar almashuvi ro‘y bermoqda
O‘zbekiston prezidenti rasmiy saytida berilgan xabarga ko‘ra, kuni kecha, ya’ni 23-dekabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan va unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qilgan.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Himmat Oqbo‘tayev Samarqand viloyati hokimi etib saylangan.

Himmat Oqbo‘tayev 1962-yil 1-fevralda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy.

Mehnat faoliyatini 1979-yilda Urgut tumanida jamoa xo‘jaligi a’zosi sifatida boshlagan. Harbiy xizmatni o‘tagandan so‘ng 1983-1988 yillarda Toshkent davlat universitetida tahsil olgan.

1988-1991 yillarda Urgut tumanidagi jamoa xo‘jaligidahuquqshunos, 1991-1992 yillarda Navoiy viloyati Xatirchi tumani prokuraturasi ish o‘rganuvchisi, 1992-1993 yillarda Navoiy tumani prokurori katta yordamchisi, 1993-1994 yillarda Navoiy viloyati prokuraturasi ichki ishlar idoralarida tergov va surishtiruvustidan nazorat bo‘limi katta prokurori, 1994-1996 yillarda Navoiy shahar prokurori o‘rinbosari, 1996-1999 yillarda Navoiy tumani prokurori lavozimida ishlagan.

Kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Jizzax viloyatiga hokim tayinlandi
1999-2000 yillarda Navoiy viloyati prokuraturasi iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyagaqarshikurashish bo‘limi katta tergovchisi, 2000-2002 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi prokuratura organlarida tergovninazorat qilish boshqarmasi prokurori, katta prokurori, 2002-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar vazirligi idoralaridatergov va surishtiruv ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2003-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Ichki ishlar vazirligi organlaridaqonunlar ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i, 2004-2006 yillarda Navoiy viloyati prokurori o‘rinbosari vazifalarida ishlagan.

2006-2016 yillarda Samarqand viloyati Urgut tumani hokimi lavozimida mehnat qilgan.

Oqbo‘tayev 2016-yil mart oyidan boshlab, 23-dekabrga qadar Samarkand viloyati hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Yangiliklar lentasi
0