TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga ko‘ra Jizzax viloyatiga hokim tayinlandi.
"O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining qaroriga muvofiq Ulug‘bek Yo‘ldoshevich Uzoqov Jizzax viloyatining hokimi lavozimiga tayinlansin", deyiladi farmonda.
U sobiq hokim Sayfiddin Umarovich Ismoilovning o‘rniga ushbu lavozimga tayinlandi. Sayfiddin Ismoilov Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimiga o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, prezident farmoniga muvofiq o‘tgan haftada O‘zbekistondagi qator viloyatlarda hokimlar tayinlangandi.