TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Moskva AQSh sanksiyalariga nosimmetrik javob sifatida qator "choralar turkumi"ni tayyorlab qo‘ydi, deb xabar beradi RIA Novosti Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Rabkovga asoslanib.
"AQShning Rossiyaga nisbatan sanksion siyosati uzoq vaqtdan buyon davom etib kelmoqda. Biz ushbu davrdan ma’lum bir tadqiqot ishini o‘tkazish va nosimmetrik tartibda foydalanilishi mumkin bo‘lgan turkum choralarni tayyorlash uchun foydalandik", — dedi u Federatsiya kengashida so‘zga chiqib.
Ilgariroq Oq Uy vakili AQSh yevropalik hamkorlari bilan Rossiyaning Suriyadagi harakatlariga qanday qarshilik qilish, shuningdek yangi sanksiyalar joriy etish masalasini muhokama qilayotganini ma’lum qilgandi.
G‘arb Moskva va Damashqni tinch aholi hamda qurolli muxolifatchilarga qarshi hujumlarda ayblamoqda. Suriya va Rossiya esa faqatgina terrorchilarni o‘qqa tutayotganini bildirib, Vashingtonni "oppozitsiya"ni ekstremistlardan ajrata olmaslikda aybladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvaga sanksiya qo‘llash bilan Ukraina va Suriyadagi muammolarni yechib bo‘lmasligini, bu shunchaki Rossiyani va uning rivojlanishini to‘xtatish siyosati ekanligini bildirdi.