Putinning Yaponiyaga tashrifi: "sen"lab so‘zlashishdan sakegacha

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishV. Putinning Yaponiyaga tashrifi
V. Putinning Yaponiyaga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tinchlik shartnomasining yo‘qligi uzoq yillardan buyon Rossiya va Yaponiya munosabatlariga soya solib kelmoqda.

TOShKENT, 16 dek – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-dekabr kunri rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi. Bu yerda u Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashib, qator masalalar bo‘yicha muzokara o‘tkazdi.

Imzolanmayotgan tinchlik shartnomasi

"Agar kimdir bizni faqat iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor, tinchlik shartnomasini esa ikkinchi o‘ringa surib qo‘ygan deb hisoblasa – bu noto‘g‘ri. Menimcha, eng asosiysi tinchlik shartnomasini tuzish hisoblanadi, chunki u tarixiy, o‘rta va uzoq muddatli istiqbol uchun o‘zaro hamkorlik uchun sharoit yaratadi. Bu biz uchun orollardagi faoliyatdan ham ko‘ra muhimroqdir", — dedi Putin matbuot anjumanida deb xabar beradi RIA Novosti.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe - Sputnik O‘zbekiston
Putin: Rossiyaning Yaponiya bilan hududiy muammolari yo‘q

Tinchlik shartnomasining yo‘qligi uzoq yillardan buyon Rossiya va Yaponiya munosabatlariga soya solib kelmoqda. Yaponiya 1855-yilda tuzilgan shartnomaga tayanib Iturup, Kunashir, Shikotan va Xabomai orollariga da’vo qilib keladi. Tokio Rossiya bilan tinchlik shartnomasini imzolash uchun orollarni qaytarish talabini qo‘ygan. Moskva esa Janubiy Kuril orollari ikkinchi jahon urushidan so‘ng SSSR tarkibiga kirganligini va xalqaro huquqiy hujjatlarga ko‘ra Rossiyaga tegishli ekanligini ta’kidlab keladi.

O‘zaro viza tartibi yengillashtiriladi

Vladimir Putin yapon fuqarolari ajdodlari qabrlarini ziyorat qilishlarini osonlashtirish uchun viza tartibini yengillashtirish masalasiga to‘xtaldi.

"Men Janubiy Saxalin viloyati va Xokkaydo o‘rtasida erkin chegaradan o‘tish tartibini kiritishni taklif qildim",- dedi u.

"Janob bosh vazir kecha menga bu orollarga kelishni yengillashtirishni so‘ragan yapon fuqarolarining maktublarini topshirdi", — deb qo‘shib qo‘ydi Putin.

Putinga "Sharq go‘zali" yoqdi

Putin Nagato shahrida "Sharq go‘zali" deb nomlanuvchi mahalliy sakeni totib ko‘rganligini aytdi va uni ko‘p ichmaslik lozimligini ta’kidlab qo‘ydi.
"Kecha men qaynoq buloq — "Sharq go‘zali" deb nomlanuvchi mahalliy sakedan totib ko‘rdim, sizlarga ham tavsiya qilaman, lekin meyorni bilish lozim", — dedi Putin tabassum qilib.

Putin va Abe bir-birlarini "sen"lashdi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe matbuot anjumanida Rossiya prezidenti Vladimir Putin "sen"lab murojaat qildi va Putin ham unga shu tarzda javob qaytardi.
"Yana bir marta xush kelibsizlar deyman, Rossiya prezidenti Putin, Vladimir, tashrifingdan xursandman", — dedi Abe.

O‘z navbatida, Putin ham Abega norasmiy, do‘stona murojaat qildi.

Putinning Yaponiyaga safari AQShning jahlini chiqarmoqda

"Bu yer ajoyib joy. Sindzo, meni bu yerga taklif qilganing uchun minnatdorman", — dedi Putin.

"Tarixiy ping-pong"ga chek qo‘yish darkor

"Biz janob bosh vazir bilan suhbatlashdik, Janubiy Kurilning sobiq aholisi maktublarini o‘qib chiqdim. Bizningcha, bu hududlar borasidagi tarixiy ping-pongni bas qilish darkor. Yaponiya va Rossiyaning tub manfaatlari yakuniy tartibga solishni talab etadi", — dedi Putin matbuot anjumanida.

Taklifga taklif bilan

Vladimir Putin Sindzo Abega Rossiyaga tashrif buyurishni taklif qildi. 

"Yaponiyalik hamkasblarimizga, shaxsan janob Abega mehmondo‘stlik, samarali faoliyat va muhokama qilingan masalalar bo‘yicha konstruktiv yondashuv uchun minnatdorlik bildiraman. Janob bosh vazirni o‘ziga qulay vaqtda Rossiyaga tashrif buyurishini taklif etaman", — dedi Putin.

Yangiliklar lentasi
0