Dunyoda

Putinning Yaponiyaga safari AQShning jahlini chiqarmoqda

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning dekabrda Yaponiyaga rejalashtirilgan tashrifi AQShda norozilik oʻygʻotmoqda.

TOSHKENT, 11 dek — Sputnik. Oxirgi kunlarda, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning dekabrda Yaponiyaga rejalashtirilgan tashrifidan AQShda jiddiy norozilik uygʻotayotgani haqidagi xabarlar, bir necha OAVlar tomonidan tarqatilmoqda.

"G7 mamlakatlari sanktsiyalari ostida boʻlgan Putinga (Yaponiya tomonidan) koʻrsatilgan iltifot, "buyuk yettilik" bundan buyon togʻdek mustahkam emasligini bildiradi", — deyilgan edi AQSH hukumati xabarida.

Bunga javoban, Yaponiyaliklar oʻzlariga xos diplomatik mahorat bilan, Rossiya prezidenti imperator Akixito tomonidan qabul qilinmasligini xabar qildi.

"Yaponiya hukumati (AQShning gʻazabini keltirmaslik uchun) prezident Putinni imperator Akixito huzuriga taklif qilmadi, shunday yoʻl bilan ular amerikalik ittifoqdoshlariga ushbu tashrif "qaynoq" emasligini namoyish qilishdi", — deb yozadi  Kiodo axborot agentligi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yaponiyaga tashrifi 15-16 dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. Uchrashuvning asosiy mavzusi uzoq yillardan beri mojaroga sabab boʻlayotgan janubiy Kuril orollarida iqtisodiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, mamlakatlar orasidagi viza tartibini osonlashtirish va boshqa masalalar qoʻyilgan.

Yaponiya imperatori — davlat va xalq birligi timsoli boʻlib, faqat ramziy davlat rahbari hisoblanadi. Yaponiyada davlat tizimi Konstitutsion monarxiya hisoblanadi. Davlat boshqaruvi va barcha muhim qarorlar Bosh vazir va parlament tomonidan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0