TOShKENT, 15 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida keltirilgan xabarga ko‘ra, bugun O‘zbekiston Moliya vazirligidan ketgan Rustam Azimov hukumat tarkibida qolgan.
Vazirlar Mahkamasining shaxsiy tarkibi esa quyidagicha:
Aripov Abdulla Nig‘matovich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlari: Ramatov Achilbay Jumaniyazovich; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish va kurilish industriyasi masalalari kompleksining rahbari; Azimov Rustam Sodiqovich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish kompleksining rahbari.
Mirzayev Zoyir Toirovich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri — Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksining rahbari.
Rozuqulov Ulug‘bek Ubaydullayevich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, “O‘zavtosanot” aksiyadordik kompaniyasi boshqaruvi raisi — Eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari.
Ikramov Adham Ilhomovich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri — Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari.
Norboyeva Tanzila Kamalovna — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.