Abdulla Aripov faoliyatiga nazar: aloqa sohasidan yuksak cho‘qqilar sari yo‘l

© FacebookAbdulla Aripov
Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston muxbiri O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan nomzodi Bosh vazirlik uchun taqdim etilgan Abdulla Aripovning tarjimai holini tahlil qildi

TOShKENT, 13 dek — Sputnik, Anton Kurilkin O‘zLiDep partiyasi tomonidan ilgari surilgan nomzod kuni ertaga Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida prezident tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Abdulla Aripov 1961-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Mutaxassisligi bo‘yicha — muhandis. 1983-yilda Toshkent Aloqa elektrotexnika institutini tamomlagan.

Aripovning boshqaruv faoliyati mustaqil O‘zbekistonda boshlangan — institutni tamomlagach, 1992-yilga qadar u Toshkent telefon-telegraf stansiyasida faoliyat yuritgan.

1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligiga bosh mutaxassis sifatida ishga qabul qilingan. Aytish joizki, Aripov vazirlikda uzoq qolib ketmagan, 1993-yilda "O‘zimpeksaloqa" kompaniyasiga rahbar o‘rinbosari etib tayinlangan.

O‘zLiDep brifingi - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Aripov nomzodi O‘zbekiston Bosh vaziri lavozimiga taqdim etildi
Ma’lumot uchun: "O‘zimpeksaloqa" Tashqi Savdo Firmasi 1993-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi aloqa vazirligi buyrugiga asosan korxonalarni moddiy va texnikaviy resurslar, jihozlar, extiyot qismlar bilan ta’minlash maqsadida va importga keladigan xizmat va maxsulotlarni sifat — texnikaviy darajasiga qo‘yiladigan talablarni hisobga olgan xolda, chet el firmalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida eksport-import muomalalarni amalga oshirish uchun tuzilgan. Jamiyat faoliyatini ta’minlash maqsadida ta’sischilar mablag‘i evaziga Ustav jamg‘armasi 193 000 000 so‘mni tashkil etadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Ustav fondidagi ulushi 51,9116 %ni, "O‘zbektelekom" AKning ulushi 15,9401 %ni, jamoa ishchilari va jismoniy shaxslar ulushi 32,1483 %ni tashkil etadi.

Aripov "O‘zimpeksaloqa"da ham 1995-yilgacha faoliyat yuritgan, xolos.

Umuman olganda, to‘qsoninchi yillarda u o‘zi egallagan lavozimlarda uzoq ushlanib qolmagan va o‘z ish joyini tez-tez o‘zgartirib turgan. Ammo unga ish beruvchilarning barchasi Aloqa vazirligi bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan.

1995 yilda O‘zbekiston Aloqa vazirligining qurilish va ta’minot bo‘limiga rahbar bo‘lib qaytgan. Ya’ni, Aripov respublikada aloqa sohasi ta’minoti bilan shug‘ullanishda davom etgan, faqat avvaliga u jihozlarni xarid qilish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, endilikda moddiy resurslarni taqsimlash va ushbu yuzadan ish bilan ta’minlash faoliyati bilan shug‘ullanadi.

1995-1996 yillarda Aripov "TashAfinalAL" QKning bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Ushbu kompaniyada qisqa muddat faoliyat yuritish barobarida, u 1996 yilda o‘zi uchun qadrdon bo‘lib qolgan Aloqa vazirligiga qaytadi. Ammo bu safar yangi lavozimda — O‘zbekiston Aloqa vazirligi xususiylashtirish va raqobatni kuchaytirish bo‘limiga boshliq bo‘lib.

1997 yilda O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi bozor islohotlari va qimmatli qog‘ozlar bo‘limi rahbari bo‘lgan. Yangi ming yillikni Aripov O‘zbekiston pochta vatelekommunikatsiya agentligi direktori o‘rinbosari sifatida qarshi oladi.

2002 yil 30-mayida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘ribosari etib tayinlangan. U aloqa va axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari masalalari bilan shug‘ullangan. Shu bilan birga, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish bosh direktori hisoblangan.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev qasamod qabul qiladi
2005 yil 4-fevralida o‘z lavozimlariga qayta tasdiqlangan. 2009-yil oktabridan boshlab ijtimoiy soha, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat sohalariga doir masalalar bilan ham shug‘ullangan hamda MDH mamlakatlaridagi hamkorlar bilan aloqalarga javob bergan.

2012 yilda Aripov boshida qora bulutlar to‘plana boshlaydi — milliy bozorga Rossiya va Shvetsiya kompaniyalarini kiritish bilan bog‘liq bir nechta noqonuniy sxemalar oshkor bo‘ladi.

Ammo chaqmoq Bosh vazir o‘rinbosarini chetlab o‘tadi: 2012-yilning avgustidan 2016-yilning sentabriga qadar u Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar majmuasida rahbarlik qilishda davom etgan. 2016-yil sentabridan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari sifatida tayinlangan va yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari bilan shug‘ullanish ishonib topshirilgan.

2016 yil 12-dekabraida O‘zbekistonning hukmron O‘zLiDeP partiyasi tomonidan Bosh vazirlik lavozimiga nomzodi ko‘rsatilgan.

Abdulla Aripov oilali, besh nafar qizi bor. U, shuningdek, iqtisod fanlari nomzodi ilmiy unvoniga ham ega. Aripov "Do‘stlik" va "Mehnat shuhrati" ordenlari bilan mukofotlangan.

Yangiliklar lentasi
0