TOShKENT, 14 dek — Sputnik. O‘z tabrik maktubini Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibi ham yo‘lladi deb xabar bergan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
Sizning O‘zbekistonda siyosiy o‘zgarishlar vaqtida Prezident vazifasini bajaruvchi sifatida amalga oshirgan ishlaringizni qadrlayman. Siz boshlagan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa, iqtisodiyot sohasi va inson manfaatlarini ta’minlash borasida belgilangan yo‘nalishlarni davom ettirib, ulkan muvaffaqiyatlarga erishishingizga ishonaman.
Prezident etib saylanganingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklayman va ezgu tilaklarimni yo‘llayman", — deyilgan Kerrining tabrik maktubida.
O‘zbekiston prezidentiga shuningdek, Mirziyoyevga Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasi Yelizaveta II, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey, Slovakiya prezidenti Andrey Kiska, Dubay Amirligi hokimi, BAA vitse-prezidenti va Bosh vaziri Muhammad bin Roshid Ol Maktum va boshqalar tabrik telegrammalarini yo‘llashgan.