Shavkat Mirziyoyev qator davlat rahbarlari bilan telefonlashdi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishShavkat Mirziyoyev, O‘zbekistonning yangi saylangan rahbari
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekistonning yangi saylangan rahbari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasining yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev, Emomali Rahmon, Vladimir Putin, Toyib Erdo‘g‘on hamda Gurbanguli Berdimuhammedovlar bilan telefon orqali muloqotlar o‘tkazdi

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Turkmaniston va Tojikiston prezidentlari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovida muvaffaqiyat qozongani munosabati bilan chin qalbdan tabriklashdi, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

Rossiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Putinning tashrifi haqida: eng og‘ir damda chin do‘st o‘zini shunday tutadi
Jumladan, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazilgan telefon orqali muloqot davomida davlat rahbarlari hozirgi kunda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari yuksak darajada ekanini mamnuniyat bilan ta’kidlab, Samarqand shahrida o‘tgan oliy maqomdagi ikki tomonlama uchrashuv chog‘ida erishilgan kelishuvlar rejali va tizimli asosda hayotga tatbiq etilayotganini ijobiy baholaganlar.

Tomonlar strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, shuningdek, ikki tomonlama aloqalarga doir barcha sohalarda hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha ishonchli, ochiq va konstruktiv davlatlararo muloqotni izchil davom ettirish va jadal rivojlantirishga qat’iy tayyor ekanliklarini bildirganlar.

Tojikiston prezidenti - Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Raxmon Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev bilan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon o‘rtasida 5-dekabr kuni o‘tkazilgan telefon muloqoti davomida davlat rahbarlari O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha fikr almashganlar.Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi dolzarb vazifalarning amaliy ro‘yobga chiqarishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanligini ta’kidlaganlar.

O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq qarorlarga kelish maqsadida davlat va jamoat tuzilmalari, xo‘jalik subektlarining ikki tomonlama muloqotlarini qo‘llab-quvvatlashga kelishib olganlar.

Shavkat Mirziyoyev bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on o‘rtasida Turkiya tomonining tashabbusi bilan 6-dekabr kuni o‘tkazilgan telefon orqali muloqot davomida Davlat rahbarlari davlatlararo munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama etgan va 18-noyabrda Samarqandda oliy darajada o‘tgan O‘zbekiston – Turkiya o‘rtasidagi serqirra muloqot va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidlaganlar.

O‘zbekiston va Turkiya munosabatlari tarixi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston - Turkiya munosabatlari
Tomonlar bugungi ikki tomonlama munosabatlar o‘zbek va turk xalqlarining tarixi hamda ma’naviyati mushtarakligining mustahkam asosiga tayanishi va o‘zaro manfaatlarga javob beradigan amaliy natijalarga erishishni maqsad qilganini alohida ta’kidlaganlar.

O‘zbekiston bilan Turkiya sheriklik munosabatlarini iqtisodiy, investitsion-texnologik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ulkan salohiyat inobatga olingan holda, yangi mazmun bilan boyitish tarafdori ekani qayd etilgan.
O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari o‘zaro rasmiy tashrif almashishga kelishib olganlar va shu munosabat bilan manfaatdor vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berilgan.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston – Qozog‘iston munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari haqida fikr almashganlar. Ikki mamlakatning turli vazirlik va idoralari o‘rtasidagi aloqalarga, xo‘jalik subektlarining samarali hamkorligi, shuningdek, mintaqalararo aloqalar jadal rivojlanib borayotganiga alohida e’tibor qaratilgan. Davlat rahbarlari o‘zaro munosabatlarning barcha jihatlari va mintaqaviy hamda xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib olganlar.

Gurbanguli Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston rahbari Mirziyoyevni tabrikladi
Turkmaniston Prezidenti esa Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan samimiy tabriklagan va suhbat chog‘ida o‘zbek va turkman xalqlarining tarixi mushtarakligi, ma’naviy va madaniy qadriyatlari yaqinligi ta’kidlangan. Mamlakat rahbarlari O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi serqirra hamkorlikning bugungi holati va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama etib, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashganlar.

Davlat rahbarlari do‘stlik, yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik prinsiplariga asoslangan yuksak darajadagi davlatlararo munosabatlarni mamnuniyat bilan qayd etib, bundan buyon ham siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda amaliy va ochiq muloqotlarni faol davom ettirishga qat’iy ishonch bildirganlar.

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga o‘zi uchun qulay bo‘lgan vaqtda Turkmanistonga rasmiy tashrif bilan kelishini taklif etgan. Taklif mamnuniyat bilan qabul qilingan.

Yangiliklar lentasi
0