Obama: Mirziyoyevning Prezident etib saylanishi O‘zbekiston uchun muhim davrni boshlab berdi

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatlarning taniqli jamoat arboblaridan samimiy tilaklar bildirilgan qutlovlar kelishda davom etmoqda

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016-yil 4-dekabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi natijalari e’lon qilindi. MSK qaroriga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Prezident lavozimiga saylangan, deb tan olindi. Mirziyoyevning Prezident etib saylangani munosabati bilan xorijiy davlatlar rahbarlaridan tabrik telegrammalari kelishda davom etmoqda, deb xabar qilgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

O‘zbekistonda saylovlardan keyingi holat - Sputnik O‘zbekiston
O‘ho‘! So‘nggi 7 kun ichida O‘zbekiston ahlini hayratga solgan 5 xabar
Xabarda ta’kidlanishicha, 10-dekabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Barak Obama Shavkat Mirziyoyevni tabriklab tabrik telegrammasini yo‘llagan.

"O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga. Muhtaram janob Prezident! Amerika Qo‘shma Shtatlari nomidan Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan muborakbod etaman. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalari mamlakatingiz mustaqillikka erishgach, ya’ni 25-yil avval boshlangan. O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi, suvereniteti hamda hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashga doir siyosatimiz bugun ham davom etmoqda.

Sizning Prezident etib saylanishingiz O‘zbekiston uchun muhim davrni boshlab berdi. Sizning mintaqada hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro munosabatlarda muvozanatni saqlashga qaratayotgan alohida e’tiboringizni qo‘llab-quvvatlayman. Shuningdek, Prezident vazifasini bajaruvchi sifatida muhim sohalarda, shu jumladan, iqtisodiyot va qonun ustuvorligi sohalarida Siz boshlagan ishlarni katta mamnuniyat bilan qayd etaman.

Hukumatingiz bilan o‘rnatilgan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz hamda ushbu aloqalarni yanada chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlarni ishga solamiz. O‘zaro umumiy manfaatlarimizni hisobga olib, mamlakatlarimiz farovonligi yo‘lida birgalikdagi ishlarimizni davom ettiramiz, degan umiddaman", — deyilgan qutlov matnida.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston prezidenti saylovida O‘zLiDep partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilarning 88,6% ovozini olishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0