Shavkat Mirziyoyev qasamod qabul qiladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasining yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi 14-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 14-dekabr kuni qasamod qabul qiladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Bosh vazirlikdan ozod etildi
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida 88,61 % ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga binoan, Prezident O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig‘ilishida quyidagi qasamodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi: "O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamod qilaman".

Yangiliklar lentasi
0