TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Toshkentda dunyodagi eng mashhur “Disneylend”dan qolishmaydigan Markaziy Osiyodagi eng katta bog‘ quriladi, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.
"Bu boradagi ishlarni yaxshilash maqsadida maxsus dastur ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, 2017-yilda Toshkent shahrida 8 ta yangi madaniyat va istirohat bog‘i barpo etiladi. Ularni joylashtirish uchun Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Uchtepa, Sirg‘ali, Chilonzor, Shayxontohur va Yashnobod tumanlarida tegishli yer maydonlari ajratib qo‘yildi", — deb yozadi nashr.
Bundan tashqari, nashrga ko‘ra, Bektemir tumanida, Chirchiq darosi qirg‘og‘ida 70 gektar maydonda umumiy qiymati 80 million $ bo‘lgan, dunyodagi eng mashhur "Disneylend" parklaridan qolishmaydigan Markaziy Osiyodagi eng katta zamonaviy attraksionlar bog‘i quriladi. Hozirgi paytda mazkur loyihani amalga oshirish yuzasidan Yevropaning yetakchi park operatorlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.