Toshkentda shaharliklar orom olishlari uchun bir nechta xiyobonlar quriladi

Obuna bo‘lish
Hokimning so‘zlariga qaraganda, xiyobonlarni barpo etish ustida ish hozirdan boshlanadi va kelgusi yil oktabrigacha davom etadi. Qurilish "homiylari" esa xususiy tadbirkorlar bo‘lishi aytilmoqda.

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yaqin oylar ichida aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun bir nechta zamonaviy xiyobonlar barpo etiladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga tuman hokimi Shomansur Ahmedov.

Hokimning aytishicha, ayni vaqtda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida to‘rtta yirik istirohat va madaniyat bog‘lari faoliyat yuritmoqda. Ular orasida eng zamonaviysi esa yaqinda ochilgan "Lokomotiv" hisoblanadi.

"Ammo bular ham kamlik qilyapti. Sababi, ko‘plab oilalar turli sabablarga ko‘ra (transport chapligi, vaqt tanqisligi, attraksionlar narxi va h.k sabablar tufayli) bu parklarga bora olmaydi.

Shu bois, tumanimizning bir nechta joylarida xiyobonlar qurishga qaror qildik, toki har bir oila o‘z vaqtini transport muammosiga sarflamay hordiq chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lsin. Shu kechayu-unduzda qo‘limizda Qorasuv-1 va Yugnakiy massivlarida barpo etiladigan xiyobonlar loyihasi bor", — deb ta’kidladi tuman ma’muriyati rahbari.

Qorasuv-1 massividagi xiyobon "Dunyo" restorani yonida joylashadi. Xabarga muvofiq, uning maydoni 1 gektarga yaqin bo‘lib, davomiyligi 800 metrni tashkil qiladi. Unda 40dan ziyod o‘rindiqlar o‘rnatilib, muzqaymoq va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan kioskalar quriladi.

Yugnakiy massividagi xiyobon esa 2 gektar joyni egallashi xabar qilinmoqda. Unda favvora, shuningdek, bolalar uchun mo‘ljallangan attraksionlarga boy zamonaviy bolalar maydonchasi mavjud bo‘ladi.

"Hozirda loyihaning kamu-ko‘stini ko‘rib chiqmoqdamiz, jarayonning barcha nyuanslari e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Shuningdek, qurilajak xiyobon maydoni yaqinida yashovchi aholi o‘rtasida muzokaralar olib borapmiz — dam olish maskanidagi shovqin va yorug‘lik chiroqlari bilan ularga noqulaylik tug‘dirib qo‘ymasligimiz lozim. Rejaga ko‘ra, loyiha 2017-yilning mart oyida, Navro‘z bayrami arafasida ishga tushirilishi lozim", — dedi u.

Yangiliklar lentasi
0