Obama Suriyadagi muxolifat kuchlarni yangi qurollar bilan ta’minlashga ruxsat berdi

Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Barak Obama Suriya muxolifat guruhlariga qurol yetkazib berishga doir rasmiy cheklovni bekor qildi

TOShKENT, 9 dek — Sputnik. AQSh prezidenti Barak Obama payshanba kuni Suriyada terrorchilikka qarshi kurashayotgan AQSh ittifoqchilariga qurol-yarog‘lar va harbiy texnika yetkazib berishga bo‘yicha ta’qiqni bekor qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Nashr xabariga ko‘ra, Obamaning AQSh Davlat kotibi va AQSh Mudofaa vaziri nomiga yo‘llangan ushbu haqdagi memorandumi Oq uy matbuot-xizmati tomonidan ommaga e’lon qilingan.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov (o‘ngda) va AQSh davlat kotibi Jon Kerri - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov va Kerri Jenevada Suriya bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda
Xabarda aytilishicha, memorandum — AQShga va u boshchiligidagi koalitsiyaga Suriyadagi jangarilar nazoratida bo‘lgan Rakka shahrini ozod etishga yordam beradi.

"Chet ellik harbiylarga, vaqtincha xizmatda bo‘lgan harbiylarga, Suriyadagi terrorchilikka qarshi kurashga jalb qilingan guruhlar va alohida shaxslarga qurol-yarog‘ yetkazib berish va shunga aloqador xizmatlarni amalga oshirish — AQSh milliy xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi", — deyilgan hujjat matnida.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov Obamaning ushbu qarorini keskin qoraladi. Rossiya tomon AQSh va uning ittifoqchilarining Suriya muholifat kuchlariga sifatli va yangi qurol-aslahalar, shu jumladan, zenit vositalari yetkazib berilishi — samarasiz harakat ekanligini hamda bu qurolallar Qo‘shma Shtatlarning o‘zlariga qarshi ishlatilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Suriyani terrorchilarga sherik bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritgan, shu bois, u yerga qurol-aslaha yetkazib berish uchun Oq uy rahbari har safar maxsus qaror chiqarishi lozim. Obamaning  ushbu qarori AQSh Mudofaa vaziri bu haqda Kongressni rasman ogohlantirgandan so‘ng 15 kun o‘tib kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0