TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Rossiya O‘zbekiston uchun strategik hamkor va ittifoqdosh bo‘lib qoladi, va bu faoliyat davom ettiriladi, deya bayonot qildi seshanba kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev.
"Sizning bugungi tashrifingiz ko‘p narsani anglatadi, va biz sizdan bu uchun minnatdormiz. Eng qiyin damda haqiqiy do‘st o‘zini shunday tutadi — yelkama-yelka turadi. Butun respublika, butun o‘zbek xalqi ayni vaqtda chuqur qayg‘uda, biz birinchi prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich uchun a’za tutmoqdamiz", — deb ta’kidladi O‘zbekiston Bosh vaziri Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida.
Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Dmitriy Medvedevning dafn marosimiga tashrifi uchun alohida minnatdorlik bildirdi.
"Biz kecha Xitoydagi intervyuingizni ko‘rdik, muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich haqida so‘zlagan ijobiy gaplaringizni eshitdik. Siz to‘g‘ri ta’kidlab o‘tdingiz, o‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida jiddiy o‘zaro hamkorlik tuzilmalari shakllangan", — dedi Mirziyoyev.
O‘zbekiston Bosh vaziri Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari "strategik hamkorlik va ittifoqchilik maqomida bo‘lgani, hozir ham shundayligi va bundan keyin ham xuddi shunday bo‘lib qolishini" ta’kidlab o‘tdi.