Emomali Raxmon Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishTojikiston prezidenti - Emomali Raxmon
Tojikiston prezidenti - Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Emomali Raxmon o‘zbek va tojik xalqini ko‘p asrli urf-odatlar, do‘stlik va o‘zaro hurmat bog‘lab turganini ta’kidladi va kelajakda o‘zaro foydali hamkorlik qishiga umid bildirdi.

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi, deb xabar qildi Tojikiston prezidenti matbuot xizmati.

"Hurmatli Shavkat Miromonovich, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovida erishgan salmoqli g‘alabangiz bilan tabriklaymiz. Sizning ushbu oliy va shub bilan bir vaqtda ulkan javobgarlik talab qiladigan lavozimga saylanishingiz, siz tanlagan xalq farovonligini oshirishga, tinchlik, totuvlikka va barqarorlikka qaratilgan yo‘l O‘zbekiston xalqi tomonidan keng ko‘lamda qo‘llab quvvatlanayotganidan darak beradi", — deyilgan Tojikiston prezidenti tabrik xatida.   

Shuningdek, Emomali Raxmon o‘zbek va tojik xalqini ko‘p asrli urf-odatlar, do‘stlik va o‘zaro hurmat bog‘lab turganini ta’kidladi va kelajakda o‘zaro foydali hamkorlik qishiga umid bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0