TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Oliy Majlik Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi davomida duputatlar iqtisodni erkinlashtiradigan, xususiy mulk va
O‘zbekiston prezidentining 5-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qonunni amalga oshirish maqsadida Oliy Majlik deputatlari yangi qonun loyihasi ishlab chiqmoqalar.
Xususan, yangi qonun loyihasi, birinchi bor qonun buzgan tadbirkorlarni turli jinoiy va ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish, o‘z faoliyatini ro‘yxatdan o‘tmagan holda boshlagan tadbirkorlarni javobgarlika tortmaslik, tadbirkorlarni litsenziyasidan mahrum qilish holatlarini bekor qilish kabi huquqiy normalarni o‘z ichiga olgan.
Shuningdek, tadbirkorlarni himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Jinoyat kodeksi, Ma’muriy qoidabuzarliklar kodeksi, Soliq kodeksi va boshqa bir necha qonunlarga ham taaluqli o‘zgarishlar kiritilishi rejalashtirilgan.
Deputatlar “Nafaqa bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi, “Lizing to‘g‘risida”gi qonun, “Tadbirkorlik faoliyatining erkinliklari va kafolati to‘g‘risida”gi, “Intellektual mulk to‘g‘risida”gi va “Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qonunlarga ham o‘zgarishlar kiritishni rejalashtirgan.
Ushbu o‘zgarishlar intellektual mulk egalarini himoya qilishi, halol raqobatni ta’minlashi, tovar belgilarini ro‘yxatga olishi kabi tadbirkorlikning muhim yo‘nalishlarini himoya qilishga qaratilgan.