TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Moliya va xo‘jalik ishlari sohasida ilk bor qonun buzgan tadbirkorlar va ularning ishchilari ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi, prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev ushbu haqidagi qaror imzoladi.
Chorshanba kuni matbuotda e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, tadbirkorlar o‘z ixtiyorlari bilan qilgan xatolarini to‘g‘rilab, yetkizilgan zararni belgilangan muddatda qoplagan taqdirda, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
Shuningdek, 2017-yildan boshlab tadbirkorlarga nisbatan tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish jazo chorasi qo‘llanilmasligi ham ushbu qarorda aytib o‘tilgan.
2017 yilning 1-yanvaridan boshlab tadbirkorlarga nisbatan o‘tkazilayotgan barcha tekshiruv turlari bekor qilinadi. Tekshiruvlar faqat yuridik shaxs faoliyati tugatilgan hollarda va boshqa jismoniy va yuridik shaxslar murojaatiga ko‘ra o‘tkazilishi mumkin.
Mirziyoyev Oliy Majlisning ikkala palatasiga tadbirkorlar huquqlarini himoya qiladigan muassasa tashkil qilishni topshirdi. Undan tashqari, prezident vazifasini bajaruvchi barcha vazirliklarga valyuta boshqaruvining eng zamonaviy mexanizmlarini, samrali bank tizimi va soliq boshqaruvini ishlab chiqishni topshirdi.