Prokuratura 9350 tadbirkor huquqlarini tikladi

© fotoliaQonun va odil sudlov ramzlari
Qonun va odil sudlov ramzlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2015 yil va 2016-yilning 6 oyi davomida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 12 mingdan ortiq qonun buzilishi holatlari aniqlanib, 1200 dan ortiq mansabdor shaxslar ma’muriy yoki intizomiy javobgarlikka tortildi, 250 dan ortiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va buning natijasida 9350 nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklangan.

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Prokuratura tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat va boshqa davlat organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan 12 mingdan ortiq qonun buzilishi holatlari aniqlandi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot-xizmati.

"2015 yil va 2016-yilning 6 oyi davomida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat va boshqa davlat organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan 12 mingdan ortiq qonun buzilishi holatlari aniqlanib, 1200 dan ortiq mansabdor shaxslar ma’muriy yoki intizomiy javobgarlikka tortildi, 250 dan ortiq jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Buning natijasida 9350 nafar tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklandi", — deyiladi xabar matnida.

Ayrim davlat boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish, ularga to‘sqinlik qilish, huquqlarini cheklash va davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunbuzilishi holatlari haqida Bosh prokuratura tomonidan o‘tkazilgan videoanjumanda so‘zlandi.

Shartnoma tuzish. Tadbirkorlik. - Sputnik O‘zbekiston
Hokimiyatlar qoshida tadbirkorlar uchun ko‘p xizmatli markazlar ochiladi

Bosh prokuraturada Murojaatlarni tunu kun telefon orqali qabul qilish markazi tashkil etilgan bo‘lib, 34 ta vazirlik va idora bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatilgan. Murojaatlarning ko‘rib chiqilishi ustidan elektron nazorat tizimi joriy qilingan.

Markazning o‘tgan davrdagi faoliyati davomida qabul qilingan murojaatlarning 64 mingdan ortig‘i hal etilib, natijasi bo‘yicha 330 ta noqonuniy qarorga nisbatan protestlar keltirilgan, qonunbuzilishlar va ularning sabablarini bartaraf etish haqida 364 ta taqdimnoma hamda sudlarga 23,4 mlrd. so‘mni undirish yuzasidan da’vo arizalar kiritilgan. Qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan 886 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan, qo‘pol qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 402 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0