Noto‘g‘ri tushunishdi: Filippin prezidenti Obamani haqoratlagani uchun tavba qildi

© AFP 2023 / ROSLAN RAHMANFilippin prezidenti Rodrigo Duterte
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Filippin Prezidenti Rodrigo Duterte o‘zining Amerikalik hamkasbini "itvachcha" deb haqoratladi, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Xabarda aytilishicha, Duerte Obamaning G20 sammiti doirasida Filippindagi jinoyatchilikka qarshi kurash davomida 2 ming kishining o‘ldirilishi mavzusini ko‘tarmoqchiligini eshitgach, AQSh yetakchisini yuqorida yozilgan so‘z bilan haqoratlagan.

AQSh prezidenti Barak Obama o‘z sha’niga aytilgan haqoratdan so‘ng filippinlik hamkasbi bilan uchrashuvni bekor qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

AQSh va Filippin prezidentlari Laosda o‘tkaziladigan ASEAN sammitida uchrashishlari rejalashtirilgan edi.

"Filippin prezidenti Obama bilan urushib qolgach, kutilmaganda ortga chekindi va Obama sha’niga aytgan gapi uchun afsusdaligini ma’lum qildi", deya xabar tarqatmoqda yana Frans Press.

"Matbuot tomonidan berilgan ma’lum savollarga men tomondan qattiq javoblar aytilgani va bu ma’lum havotirlarni yuzaga keltirib chiqargani singari… biz tomondan berilgan izohlar shaxsan AQSh prezidentiga hujumdek qabul qilinganidan ham afsusdamiz", — deb ta’kidlagan Duerte.

Rodrigo Roa Duerte may oyida o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra Filippin prezidenti etib saylangan edi. Duterte hokimiyat tepasiga kelishi bilan mamlakatda "tozalash" ishlari avj oldi. Prezident birinchi bo‘lib giyohvand moddalarni tarqatuvchilarga qarshi "urush" ochdi. Narkotik moddalar oldi-sotdisida gumon qilingan 2 mingga yaqin kishi bir necha oy ichida sud va tergovsiz o‘ldirilb yuborilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0