TOShKENT, 30 noya — Sputnik, Anton Kurilkin. O‘zbekistonda kutilayotgan valyuta islohotlari borasida Sputnk muxbiri makroiqtisod bo‘yicha mustaqil ekspert Yuliy Yusupov bilan suhbatlashdi.
- Asosiy savol – islohotlar nimaga olib keladi?
- Islohotlar iqtisodni yanada ochiqroq qilish, davlat tomonidan boshqarishni kamaytirish va biznes-muhitni yaxshilashga olib keladi.
Valyuta siyosatini islohot qilish valyuta munosabatlarini erkinlashtirishga olib keladi. O‘zbekistonda joriy operatsiyalar bo‘yicha haligacha valyutani erkin konvertatsiya qilish tizimi yuq. Valyutani erkin alamashtirish 90 yillar boshida kirtilgan edi, lekin 1996-yilda yana qayta bekor qilingan edi. Keyin 2002-2004 yillarda ham kiritilib 2008-yilda yana bekor qilingan edi.
Shuni aytish kerak-ki, valyuta siyosatini islohot qilish – mamlakat rahbariyati tomonidan e’lon qilingan iqtisodiyotning turli sektorlarida kutilayotgan tizimli o‘zgarishlarning bir qismi xolos. Ushbu islohotlar bilan bir qatorda tashqi iqtisodiy faoliyat erkinligi kiritilib, biznes uchun ma’muriy to‘siqlar kamaytirilsa juda ajoyib bo‘lar edi.
Iqtisodda tizimli o‘zgarishlar aynan valyuta siyosatidan boshlanayotgani, tushunarli holat, chunki ko‘plab iqtisodiy muammolar aynan konvertatsiya bilan bog‘liq. Ko‘plab iqtisodiy reformalarni milliy valyuta konvertatsiyasini yo‘lga qo‘ymasdan amalga oshirishning iloji yo‘q.
Tizimli islohotlar hozircha umumiy ko‘rinishda belgilab olingan. Ular qanday o‘tkazilishi noma’lum. Bunga taaluqli qonuniy hujjatar dekabr-yanvarda paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Valyuta siyosatini islohot qilish qanday samara beradi?
— tashqi iqtisodiy faoliyat uchun ko‘plab imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Mahsulot eksport qilish foydaliroq bo‘ladi. Korxonalar uchun chet el mahsulotlari, jumladan asbob-uskuna va xom-ashyo sotib olish osonlashadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari uchun bir xil imkoniyatlar yaratiladi. Bu esa raqobatni kuchaytirib iqtisodiyot rivoji uchun turtki bo‘ladi.
Umumiy hisobda valyuta siyosatini erkinlashtirish, xususiy tadbirkorlik va chuqur hamda mustahkam iqtisodiy o‘sish uchun imkoniyat yaratadi.
- Chet el kompaniyalari uchun mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritish osonlashadimi?
- Ha albatta. Erkin konvertatsiya – chet ellik sarmoyadorlar uchun stimul bo‘lishiga uchta sabab bor.
Birinchidan – barcha korxonalar, jumladan chet el investitsiyalariga ega bo‘lgan korxonalar uchun ham biznes olib borish xarajatlari kamayadi. Biznes-iqlim yaxshilanishi O‘zbekistonni chet ellik sarmoyadaorlar uchun yanada qiziqarli joyga aylantiradi.
Ikkinchidan – chet ellik korxonalar ishlab chiqarishga sarmoya kiritganda, ular o‘zlari ishlab chiqqan mahsulotni nafaqat O‘zbekistonda, balkim boshqa mamlakatlarga eksportga chiqarishga ham qiziqadi. Birinchi navbatda qo‘shni mamlakatlarga.
Valyuta bozorini erkinlashtirish, O‘zbekiston iqtisodini yanada ochiqroq qiladi. Bu esa barcha korxonalar uchun, jumladan chet el korxonalari uchun ham, mamlakatdan mahsulot eksport qilshni osnlashtiradi.
Uchinchidan – biznes har doim foyda olishni maqsad qilgan. Erkin konvertatsiya – milliy valyutada olingan foydani yana xalqaro valyutaga aylantrish imkonini beradi. Bu esa sarmoyalar haqida qaror qabul qilganda – muhim omil. Agar foyda olishi mushkul bo‘lsa – xalqaro korxonalar sarmoya kiritmaydi.
- Yangi qonun valyutada olingan daromadni majburiy davlatga sotish qoidasiga qanday ta’sir qiladi?
- Qonun loyihasida aytilishiga ko‘ra, bu asosan davlatga ixtiyoridagi xom-ashyo eksport qiluvchi korxonalar bo‘ladi. Xususiy sektor uchun esa bu qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga stimul bo‘ladi.
- Qonunda aytilishiga ko‘ra, davlatga majburiy valyuta sotish tajribasi bosqichma-bosqich to‘liq bekor qilinadi deyilgan. Buni qachon kutish mumkin?
- Hozircha aniq aytish qiyin, qonuning yakuniy tahririda ko‘rsatilgan bo‘ladi.
- Ushbu isloot qanday ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin?
- Agar islohotlar barcha kerakli sohalarda o‘tkazilsa, aholi yashasha darajasi oshadi. Islohot tufayli biznes-iqlim yaxshilanadi, dekmak yangi korxonalar paydo bo‘lib, qo‘shimcha ish o‘rinlari paydo bo‘ladi. Shuning uchun aholi daromadi o‘sishini va kelib tushayotgan soliqlar hajmi oshishini kutish mumkin. Davlat g‘aznasi boyisa – kengroq ijtimoiy loyihalar uchun ham imkoniyatlar paydo bo‘ladi.
Ayrim qisqa muddatli salbiy tomonlari bo‘lishi mumkin albatta. Raqobat kuchayib ayrim korxonalar yopilishi ham mumkin. Lekin ularning o‘rniga tezda yangilari ochilib ishsiz qolganlar yangi korxonalarga joylashishi mumkin.
Valyutada qarzi bo‘lgan korxonalar qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin. Bugungi rasmiy kurs bekor qilinganidan keyin, ular olgan qarzlarini bozor kursida qaytarib berishlariga to‘g‘ri keladi, demak ularga qiyinroq bo‘ladi. Bu borada ayrim banklar ham qiynalishi mumkin.
2003 yilda valyuta bozori erkinlashtirilganda hech qanday ijtimoiy oqbatlarga olib kelmagan edi. Iqtisod o‘sishi esa bo‘lgan biroz qiyinchiliklarni ortig‘i bilan qoplagan edi.
Import qilingan mahsulotlar narxiga kelsak – ular oshmaydi, chunki import mahsulotlar narxi bugungi kundagi bozor kursiga ko‘ra belgilangan. Konvertatsiya ochilganidan keyin esa kurs bozor kursiga yaqin bo‘ladi.
Tovralar umumiy pul hajmi oshishi evaziga qimmatlashishi mumkin, lekin bu holat ko‘proq inflyatsiya tushunchasi bilan bog‘liq. Menimcha, hech qanday ijtimoiy muammolar bo‘lmaydi.
- Rossiya va SSSRning boshqa mamlakatlarida 90-yillar boshida o‘tkazilgan valyuta reformalari o‘ta og‘ir ijtimoiy oqibatlarga olib kelgan ediku?
— 1990 yillar bilan solishtirish noto‘g‘ri. O‘shanda SSSRning barcha respublikalari iqtisodiy aloqalari bo‘tunlay uzilgan edi. Korxonalar chiqargan mahsulotlar hech kimga kerak bo‘lmay qolgan edi. Zavodlar hech kimga kerak bo‘lmagan tanklar va ular uchun detallar ishlab chiqarayotgan edi.
Bizda 2003-2007 yillarda liberalizatsiya allaqachon bo‘lgan. O‘shanda eksport besh baravar o‘sgan edi. Biznes o‘sha yillari juda yaxshi rivojlangan edi.
Hozir unday jadal o‘sish bo‘lmasada, lekin iqtisod o‘sishi uchun yaxshi turtki bo‘ladi. Ayniqsa barcha kerakli islohotlar birga o‘tkazilsa.
- Nega isloholarni aynan hozir o‘tkazishga qaror qilingan?
- O‘zi islohotlar ancha oldin o‘tkazilishi kerak edi.
Bizning iqtisodimizda ko‘p muammolar konvertatsiya bilan bog‘liq. Buni eng birinchi navbatda amalga oshirish kerak edi. Hukumat aynan shundan boshladi. Men umid qilamanki bu hukumat rejalashtirgan eng birinchi qadam.