Samarqand banklarida valyuta berish vaqtincha to‘xtatildi

Obuna bo‘lish
Fuqarolar chet eldan pul jo‘natmalarini olishda ma’lum to‘siqlarga duch kelishmoqda. Valyuta oldi-sotdisida sun’iy ravishda ko‘tarilayotgan shov-shuvlar valyuta yetishmasligi bilan izohlanmoqda. Markaziy bank ushbu holat vaqtincha ekanligini ta’kidlamoqda.

TOShKENT, 15 mar – Sputnik. Ayni kunlarda "Zolotaya korona" singari tezkor pul o‘tkazish tizimlari orqali millionlab mehnat muhojirlari O‘zbekistonga pul yubormoqdalar. Ammo samarqandliklar o‘z yaqinlari yuborayotgan pul jo‘natmalarini olishda muammolarga duch kelishayotganini ta’kidlashmoqda. Samarqand qishloqlarining birida kollejda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi Dildora Anorboyevaning aytishicha, u  “Zolotaya korona” pul jo‘natmasini olish uchun ertalabdan buyon sarson bo‘lmoqda.

“Samarqandda bormagan bankim qolmadi. “Umar bank”ka bordim. Keyin “Ipak yo‘li” bankiga. Hech qayerdan menga yuborilgan pulni olish imkoni bo‘lmadi. Qayerga bormay yo “Valyuta tugadi”, yo “Biz bugun pul bera olmaymiz” degan javobni eshitapman. Qanchalik sarson bo‘lganimni aytmaysizmi?! Banklar oldida yuzaga kelgan navbatlarni aytmasa ham bo‘laveradi. Taxminan ikki yuz kishidan keyin navbatim kelishini ko‘rib, hafsalam pir bo‘ldi. Tavakkal qilmay, uyga qaytapman”, — dedi suhbatdosh.

AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda, dollarning bozor kursi 15% ga tushib ketdi

O‘zbekiston Markaziy banki ushbu ma’lumotni inkor etdi. Bank matbuot-xizmati xodimi Sputnik muxbiriga valyutaga oid operatsiyalarga hech qanday cheklovlar kiritilmaganini ta’kidladi.

"Hech qanday shov-shuv kuzatilgani yo‘q. Agar bitta bankda shunday muammoga yuzaga kelgan bo‘lsa, boshqasiga murojaat qilishsin, u yerda navbat bo‘lmasligiga aminman”, — deb javob qaytardi MB xodimi.

Yangiliklar lentasi
0