TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekistonda valyuta sohasini erkinlashtirishga qaratilgan ulkan islohotlar kutilmoqda. Hukumat portalida joylashtirilgan yangi qonun loyihasi xo‘jalik subyektlari orasida pul-valyuta munosabatlarini erkinlashtirish, O‘zbekiston korxona va banklarining raqobatbardoshligini kuchaytirish va mamlakatda sarmoyalar uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.
Valyuta siyosati erkinlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagicha belgilangan:
— Barcha davlat organlari tomonidan qo‘llanilayotgan choralar nazorat-cheklov turidan himoya-rag‘batlantirish turiga o‘zgartirilishi kerak. Xo‘jalik subyektlari xususiy valyuta mablag‘laridan o‘z xoxishi bo‘yicha foydalanish huquqiga ega bo‘lishi kerak. Sarmoyalar kiritish va biznes faoliyati olib borish uchun qulay sharoitlar yaratilishi kerak;
— Respublika eksport potensialini kuchaytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshligi oshirilishi kerak;
— valyuta operatsiyalari amalga oshirish uchun tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilariga teng sharoitlar yaratilishi kerak. Alohida korxona va sohalarga imtiyozlar berish ta’qiqlanishi kerak;
— milliy valyutaning boshqa valyutalarga nisbatan kursi faqat bozor mexanizmlari yordamida belgilanishi kerak;
— milliy valyuta barqarorligiga ta’sir qiladigan qonuniy normalar qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak;
Ushbu qonun loyihasi kuchga kirgan taqdirda, u quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilayotgan barcha mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlar, hamda belgalangan ustav kapitali miqdori milliy valyutada amalga oshirilishi kerak;
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasida mahsulot va xizmatlar sotish mutlaq ta’qiqlanishi kerak. Faqat xalqaro to‘lov kartalari bundan mustasno bo‘lishi kerak. Xalqaro to‘lov kartalari yordamida to‘lov amalga oshirilganda, mahalliy korxona hisob raqamiga mablag‘ milliy valyutada kelib tushish mexanizmini ishlab chiqish kerak.
3. O‘zbekiston Respublikasida davlat soliqlari, va barcha majburiy to‘lovlar milliy valyutada amalga oshirilishi kerak. Faqat O‘zbekiston norezidentlaridan erkin savdo zonalari va erkin omborxonalarda olinayotgan bojxona soliqlari bundan mustasno bo‘lishi mumkin.
Yangi qonun jismoniy va yuridik shaxslarga xususiy valyuta mablag‘laridan o‘z xoxishi bo‘yicha foydalanish uchun quyidagilarni ko‘zda tutgan:
— Yuridik shaxslar valyutada olingan daromad va dividendlarni aksiyadorlik jamiyatlar qatnashchilariga valyuta hisobda to‘lash huquqiga ega bo‘ladi;
— Respublika ichida jismoniy shaxslar orasida bank uzatmalari, pochta uzatmalari yoki pul uzatmalari tizimlari yordamida valyuta uzatmalari amalga oshirish mumkin bo‘ladi;
— Yuridik shaxs tashkil qilmagan xususiy tadbirkorlarga o‘z hisob raqamlari orqali mahsulot va xizmatlar importi uchun valyutada to‘lov amalga oshirish imkoni beriladi;
— Eksport va import amalga oshiruvchi korxonalar tashqi iqtisodiy shartnomalar bo‘yicha to‘lovlarni o‘zlari istagan shaklda amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi;
— Umumiy qiymati 10 000 AQSh dollarigacha bo‘lgan chet el valyutasini O‘zbekistondan olib chiqishga ruxsat berilsin. 2000 AQSh dollariga bo‘lgan valyuta olib kirilganda va olib chiqilganda uni bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatish shart bo‘lmaydi;
— Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan chet el valyutasini olib chiqish uchun beriladigan ruxsatnomalar bekor qilinadi;
— O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslar uchun O‘zbekiston banklarida hisob raqamlari ochish va uz hisob raqamlarida bo‘lgan mablag‘lardan, qonunda belgilangan tartibda, erkin foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar;
— va shu kabi boshqa choralar qabul qilinadi;
Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki barcha xo‘jalik subyektlari uchun valyuta sotiib olish va sotishning, valyuta hisobida operatsiyalar amalga oshirishning osonlashtirilgan tartibini ishlab chiqishi kerak.
Qonun loyyihasida ko‘zda tutilgan yana bir muhim masala bu — chet el valyutalariga nisbatan milliy valyuta kursini belgilash tartibidir. Ushbu kursa ayni damda valyutaga mavjud bo‘lgan talab va taklifni hisobga olishi kerak. Banklar orasidagi valyuta savdosi valyuta birjasida amalga oshirilishi kerak.
Banklar faoliyatida ham mavjud bo‘lgan ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish rejalashtirilgan. Ular orasida chet el valyutasida kredit berish tartibini o‘zgartirish, banklar faoliyati ustidan nazorat qilish tartibini o‘zgartirish, banklar faoliyatini litsenziyalash tartibini o‘zgartirish kabi choralar bor.
2017 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Markaziy banki, Moliya vazirligi, Soliq va Bojxona qo‘mitalari zimmasiga ushbu qonun normalari tadbiq qilinishining tahlili va O‘zbekiston Respublikasining "Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunining yangi tahririni ishlab chiqish kerak.