O‘zbekiston suverenitetiga rahna solishga urinadiganlarga qarshi keskin zarba beriladi

© IA "Jaxon"O‘zbek harbiylari
O‘zbek harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Milliy armiyasi salohiyati qay darajada? O‘zbekiston qurolli kuchlaridagi yangi tashkiliy-shtat qanday afzalliklarga ega? Bu savollarga quyidagi maqolamizni o‘qib, javob olishingiz mumkin

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. O‘zbekiston suvereniteti va mustaqilligiga raxna solishga urinadigan ichki va tashqi kuchlarning har qanday harakatlariga qarshi keskin zarba beriladi. Ushbu g‘oya Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning  saylovoldi dasturida o‘z ifodasini topgan.

Xabarda aytilishicha, 1992-yil 14-yanvar kuni O‘zbekiston hududidagi barcha harbiy qism va bo‘linmalar O‘zbekiston tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Tub islohotlar natijasi­da zamonaviy, ixcham va ha­rakatchan, yaxshi tayyorlangan, mamlakat xavfsizligi, hududiy yaxlitligi, sarhadlari daxlsizligini ta’minlashga, o‘zbek xalqining tinch va osoyishta hayotini himoya qilish bo‘yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal qilishga qodir O‘zbek milliy armiyasi shakllangan.

Endilikda O‘zbekiston o‘z armiyasi uchun zarur kadrlarni o‘zida tayyorlash salohiyatiga ega bo‘lib, bugungi kunda Qurolli Kuchlar akademiyasida 7 ta, Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalarida 28 yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali ofitser kadrlar, serjantlar tayyorlash maktablarida esa 26 yo‘nalish hamda mutaxassisliklar bo‘yicha serjantlar tayyorlanmoqda.

O‘zbekiston armiyasi harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston armiyasi dunyoning eng kuchli 50 armiyasi qatoridan o‘rin oldi
"Zamonaviy talablarni, yuz berishi mumkin bo‘lgan harbiy harakatlar teatrining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, Qurolli Kuchlarning tashkiliy-shtat tuzilishi prinsipial jihatdan o‘zgartirildi, tezkor-strategik boshqaruv, operativ tayyorgarlik va qo‘shinlarni jangovar qo‘llashning haqiqiy markaziga aylangan samarali boshqarish tizimi yaratildi. 1998-2002 yillarni qamrab olgan davrda harbiy okruglar tuzildi, Davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlashning zamonaviy talablarga javob beradigan tizimi shakllantirildi, harbiy operatsiyalar amalga oshiriladigan eng muhim yo‘nalishlarda harakatchan, yaxshi ta’minlangan bo‘linmalar, birinchi nav­batda, sarhadlarimiz daxlsizligi va odamlarimizning tinch-osoyishta hayotini buzishga qaratilgan har qanday yovuz kuchlarning tajovuzkor xatti-harakatlariga qat’iy zarba berishga qodir bo‘lgan maxsus bo‘linmalar tashkil etildi", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Qurolli Kuchlar qurilishi borasidagi rejalarga muvofiq, qo‘shinlarni modernizatsiya qilish va eng yangi qurol-yarog‘ va texnika, jumladan, havo hujumidan mudofaa vositalari va vertolotlar, bronetank qurollari, artilleriya tizimlari, aloqa vositalari, alohida va guruh bo‘lib himoyalanish vositalari bilan qayta qurollantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilgan.

Xabarga ko‘ra, istiqlol yillarida harbiy xizmatchilar uchun zamonaviy turar-joylar qurish, mavjud turarjoy fondini ta’mirlash, zamonaviy harbiy shaharchalarni qurish va rekonstruksiya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan.

O‘zbekiston armiyasi askarlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston armiyasi: yetti muhr ostidagi sir
Xususan, 2007 – 2015-yilgacha mo‘ljallangan davlat dasturiga asosan 6 mingga yaqin harbiy xizmatchi uy-joy bilan ta’minlangan bo‘lsa, 2016 – 2025-yilgacha mo‘ljallangan Davlat dasturiga ko‘ra, harbiy xizmatchilarning barchasini turar-joy bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

"Ayni chog‘da xalqaro munosabatlar tarkibidagi o‘zgarishlar, dunyoda keskinlik, mojarolarning yangi o‘choqlari paydo bo‘lishi, Markaziy Osiyo mintaqasida va jahonda murakkab vaziyat yuzaga kelayotgan, terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi tobora ortib borayotgan bugungi sharoitda doimo hushor va ogoh bo‘lish, mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini mustahkamlash masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ham partiyamiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev saylovoldi dasturida Qurolli Kuchlarimizning salohiyatini har tomonlama mustahkamlash borasida bir qator g‘oyalar ilgari suriladi", — deyilgan partiya xabarida.

Yangiliklar lentasi
0