O‘zbekiston armiyasi dunyoning eng kuchli 50 armiyasi qatoridan o‘rin oldi

© IA "Jaxon"O‘zbekiston armiyasi harbiylari
O‘zbekiston armiyasi harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Globalfirepower tuzgan yangi reytingda O‘zbekiston armiyasi O‘rta Osiyoda eng kuchli armiya bo‘lib, MDH davlatlari orasida Rossiya va Ukrainadan keyin uchinchi o‘rinni egalladi.

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Dunyoning eng kuchli armiyalari qatorida O‘zbekiston 48 o‘rinni egallab, o‘tgan yilgi natijasini 6 pog‘onaga yaxshiladi, globalfirepower.com xabariga asosan.

Reyting tuzuvchilar O‘zbekiston armiyasini O‘rta Osiyoda eng kuchli deb hisoblaydi, Qozog‘iston – 53, Turkmaniston — 86, Qirg‘iziston – 110 va Tojikiston – 112 o‘rinlarni egallashdi.  Reytingda jami 126 mamlakat ishtirok etdi.

MDH mamalakatlari orasida O‘zbekiston Rossiya va Ukrainadan keyin uchinchi o‘rinni egalladi. Rossiya umujahon reytingida ikkinchi o‘rinni, Ukraina esa o‘ttizinchi o‘rinni egallagan.

Sayt xabariga ko‘ra, O‘zbekiston qurolli kuchlari 420 tank, 166 samolyot, 715 PJM, 143 o‘zi-yurar to‘plar, 880 to‘plar, 190 yoppasiga o‘t ochish qurollariga ega. O‘zbekistonning har yilgi harbiy xarajatlari 70 mln dollarni tashkil qiladi.

Reyting tuzishda 50dan ortiq turli faktlar hisobga olingan. Ular orasida harbiy xizmatchilar soni, harbiy texnika soni va turi, iqtisodiy imkoniyatlar va mamlakatning joylashgan joyi hisobga olingan.

 

Yangiliklar lentasi
0