Yevseyev: Mirziyoyev O‘zbekiston va Tojikiston aloqalarini "jonlantirdi"

© SputnikVladimir Yevseyev
Vladimir Yevseyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar chindan ham iliqlashgan, bu - bir yo‘la qator yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga umid beradi

TOShKENT, 24 noya — Sputnik, Ruben Garsiya. Toshkent va Dushanbening o‘zaro manfaatlari Rog‘un GESi, avia parvozlar va temir yo‘l aloqalari tiklanishidagina tutashgani yo‘q. Misol uchun xavfsizlik va chegara oldi savdo masalalari ham davlatlararo uchrashuvlar o‘tkazilishi uchun sabab bo‘la oladi", — deya fikr bildirgan Sputnik Tojikiston nashriga MDH davlatlari instituti rahbari o‘rinbosari Vladimir Yevseyev.

O‘zbekiston Tojikiston orqali poyezdlar qatnovini ishga tushirishi mumkin
"Hozirda O‘zbekiston va Tojikiston o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Ilgarilari buning iloji yo‘q edi, chunki Islom Karimovning qattiqqo‘llik ila olib borgan siyosati oqibatida, hatto chegaralarni minalashtirishgacha borib yetgan edi. Ayni vaqtda munosabatlar iliqlashgan ammo Mirziyoyev o‘zaro hamkorlik masalalarida qanchalik uzoqqa borishi hozircha noma’lum. Holat shundayki, O‘zbekistonda — tojiklar, Tojikistonda — o‘zbeklar istiqomat qiladi. Hozir ular uchun chegarani kesib o‘tish oson bo‘lib qoldi. Qo‘shimcha chegara postlari ochila boshladi, chegara oldi savdosi jonlandi", — deb ta’kidladi nashrga Yevseyev.

Siyosatshunosning fikricha, chegara oldidagi savdo-sotiqqa ikki tomondan minglab odamlar jalb qilingan va bu holat o‘zaro munosabatlar yaxshilashishi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin. "Ammo xavfsizlik va terrorchilikka qarshi masalalarda ikki davlat ham muloyim ehtiyotkorlikni namoyon etishi, hatto, Rossiya vositachiligidan foydalanishi mumkin", — deya qo‘shimcha qiladi ekspert.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
"Har holda, xavfsizlik masalalarida hamkorlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki Rossiya orqali olib borilishi ehtimolga ancha yaqin. Axir radikallarni jilovlab turishda ham ikki davlatning pozitsiyasi turlicha. O‘zbekiston — Afg‘oniston bilan unchalik katta bo‘lmagan chegaraga ega, bundan tashqari, u o‘zbek diasporasini to‘liq nazoratda ushlab turadi. O‘zbekiston o‘z kuchli maxsus xizmatiga va radikal islomchilar uchun qurilgan maxsus qamoqxonalariga ega. Tojikiston esa — yo‘q. Toshkent o‘zini regiondagi muhim o‘yinchi deb biladi va Tojikistonni terrochilik uchun tranzit-koridor deb biladi. Bularning barchasi hamkorlik davom etishini nazarda tutadi, albatta. Ammo janob Mirziyoyev Karimovning pozitsiyasiga qaytadimi-yo‘qmi oldindan taxmin qilib bo‘lmaydi", — deya o‘z fikrini yakunlagan Yevseyev.

Yangiliklar lentasi
0