TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston temir yo‘l transporti qatnovini qayta tiklashi mumkin, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston nashri.
29 Sentabr 2016, 17:39
"Yaqin kelajakda O‘zbekistonning markaziy qismini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi, Tojikiston hududidan o‘tadigan temir yo‘l uchastkasi qismi qayta ishga tushirilishi mumkin. Yuk tashish trafikining qayta tiklanishi ikkala davlat manfaatlariga xizmat qiladi", — deb ta’kidlangan xabarda.
Bundan tashqari, 2011-yilda ta’mirga muhtojligi bahonasida O‘zbekiston hukumati tomonidan buzilgan "Termiz-Qo‘rg‘on-Tepa uchastkasida ham temir yo‘l transporti qatnovi qayta tiklanishi ehtimoli mavjudligi aytilmoqda.
So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlari ancha iliqlashgani yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Ilgariroq O‘zbekiston va Tojikiston suv-energetika resurslari masalalarini muhokama qilgani, uchrashuvda mintaqada suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha o‘zbek-tojik munosabatlari yuzasidan fikr almashilgani haqida xabar bergan edik.