Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishTojikiston prezidenti Emomali Rahmon
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston rahbari Emomali Rahmon bugun 64 yoshni qarshi oldi

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni Tojikiston rahbari bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot-xizmati vakili.

"Suhbat chog‘ida o‘zbek va tojik xalqlarini vaqt va tarix sinovidan o‘tgan ko‘p asrlik do‘stlik va hamkorlik munosabatlari bog‘lab turishi, bu yaqin qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat hamda bir-birining manfaatlarini e’tiborga olgan holda bundan keyin ham samarali hamkorlik uchun qulay va mustahkam asos yaratishi ta’kidlandi. O‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud ayyomi bilan tabrikladi ", — deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati vakili.

Beshinchi oktabr kuni Tojikiston rahbari 64 yoshni qarshi oldi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri  Abdulaziz Kamilov va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazi Erlan Abdildayev - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov Bishkekda Tojikiston va Qirg‘izistonlik hamkasblari bilan uchrashdi
Suhbat davomida Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bundan keyin ham ochiq va keng ko‘lamli muloqotni davom ettirishlarini, O‘zbekiston va Tojikistonning turli darajadagi so‘nggi muloqotlari chog‘ida qo‘llab-quvvatlangan taklif va kelishuvlar ikki mamlakat xalqlarining farovonligi, mintaqada tinchlik va barqarorlikni, o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi vazifalarni birgalikda bosqichma-bosqich amalga oshirish imkonini berishiga ishonch bildirdilar.

Shuningdek, Emomali Rahmon ham Shavkat Mirziyoyev ham O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilovning 29-sentabr kuni Tojikistonga uyushtirgan ishchi safaridan mamnunlik bildirdilar, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0