Tunda Toshkent ko‘chalarida yaxmalak bo‘lishi kutilmoqda

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishShahar ko‘chalarida yaxmalak
Shahar ko‘chalarida yaxmalak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kun kechida havo sovuqlashishi bilan, ko‘chalar muz bilan qoplandi, harakat tezligi o‘rtacha 40-50 kilometrgacha pasaydi, lekin shunga qaramasdan avariyalar soni juda ko‘p.

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Toshkentda kutilmaganda yoqqan qor va uning ketidan tushgan sovuq, aksariyat ko‘chalarning muz bilan qoplanishiga olib keldi, deb xabar qilmoqda Sputnik mkxbiri.

Kun davomida ko‘chalarda toza bo‘lgan bo‘lsada, soat 4lar atrofida asfalt usti yupqa muz qatlami bilan qoplana boshladi. Ayniqsa kichik halqa yo‘lda avtomobillar harakati mushkullashdi. Ushbu yo‘ldan o‘tgan Sputnik muxbiri kamida 10ta YTH guvohi bo‘ldi.

Toshkentda marshrutka yo‘ldan chiqib ketdi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda muzlama sababli yo‘lovchi marshruti yo‘ldan chiqib ketdi

Toshkentda qish, odatda, juda qisqa va qorsiz bo‘lgani tufayli aksariyat haydovchilar qishgi shina o‘rnatishmaydi. Lekin bir yilda bir ikki marta bo‘lib turadigan yaxmalak ko‘plab YTHlar sabachisi bo‘lishi mumkin.

Muxbirimiz ko‘z oldida balandlikka ko‘tarilayotgan Damas avtomobili aylanib ketib, yo‘l chetida turgan bir necha avtomobillarni shikastladi. Bunday ob-havoda ehtiyotkor haydovchilar ham boshqalar tajribasizligi tufayli zarar ko‘rishlari juda oson.

Lekin xavfli vaziyatga qaramasdan, ayrim haydovchilar yo‘l xavfsizlikni unutib tezlikni oshirmoqda. Aynan shunday, o‘ziga haddan tashqari ishongan, haydovchilar ko‘p hollarda YTX sabachilari bo‘lmoqda.

Shahar ko‘chalarida umumiy harakat tezligi susayishi har bir svetofor oldida 30 minutlik yo‘l tiqinlari paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lmoqda.  

Bu vaziyatdan taksi haydovchilari epchillik bilan foydalanib qolishga urinishmoqda. Taksi yo‘lkirasi haqi bugun 30-40% ga oshgan.

Qor ostidagi avtomobillar - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 24 soat ishlaydigan dispetcher xizmati ishga tushdi

Kun kechida shahar ko‘chalariga maxsus texnika va yo‘l xizmati xodimlari chiqibasfalt ustiga qum sochmoqda. Ushbu chora biroz bo‘lsada vaziyatni yaxshilashi kerak.

Ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, tunda havo yanada sovuqroq bo‘ladi va asfalt yo‘llar haqiqiy yaxmalakka aylanib qolishi hech gap emas. Ob-havo —2…-4 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Ushbu munosabat bilan, Sputnik tahririyati hurmatli haydovchilardan, ayniqsa qishda avtomobil haydash tajribasi kam bo‘lgan haydovchilardan, o‘zingiz va boshqalar hayoti, mol-mulkiga ortiqcha xavf solmaslik uchun, shaxsiy avtomobildan imkon qadar  kamroq foydalanishga chaqiradi. Ehtimol, bir kun metroda, avtobusda yo taksida ishga borib, bir necha million so‘m tejab qolarsiz… 

Yangiliklar lentasi
0