Toshkentda 24 soat ishlaydigan dispetcher xizmati ishga tushdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishQor ostidagi avtomobillar
Qor ostidagi avtomobillar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu dispetcherlik xizmatiga qilingan har bir murojaat audio formatida yozib olinadi va ularning ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatiladi.

TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Toshkent shahar hokimiyati qish kunlari aholi duch kelishi mumkin bo‘lgan turli muammolarni hal qilish uchun har bir tumanda uzuluksiz ishlaydigan dispetcher xizmatini tashkil qildi, deb xabar qilmoqda hokimiyat matbuot xizmati.

“Poytaxtimiz aholisiga yaxshi tanish bo‘lgan 1055 dispetcherlik xizmati qish-qirovli kunlarda issiqlik, tabiiy gaz, elektr ta’minoti, ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalari, kirish yo‘laklari, chordoqlar, tom ustidagi barcha muammolar  va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq  boshqa  masalalar bo‘yicha murojaatlarni uzluksiz tun-u kun davomida qabul qilishi va bu muammolarni tezkorlik bilan  bartaraf etishini ma’lum qiladi”, — deyilgan hokimiyat xabarida.

Undan tashqari, to‘rt raqamli dispetcherlik xizmatlari har bir tumanda ham tashkil etilgan:

Bektemir tumani                      - 1068

Mirobod tumani                       - 1079

Mirzo Ulug‘bek tumani              - 1075

Olmazor tumani                       - 1070

Sergeli tumani                       - 1071

Uchtepa tumani                        - 1073

Chilonzor tumani                     - 1056

Shayxontohur tumani               - 1077

Yunusobod tumani                    - 1078

Yakkasaroy tumani                   - 1074

Yashnobod tumani                      - 1076

Shuni eslatib o‘tmoqchimizki, ushbu dispetcherlik xizmatiga qilingan har bir murojaat audio formatida yozib olinadi va ularning ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatilgan.  Bir so‘z bilan aytganda, Sizning 1055 dispetcherlik xizmatiga qilgan har bir murojaatingiz ijrosi doimiy nazoratda bo‘lishi ta’minlanadi”, — deyilgan hokimiyat xabarining davomida.

Yangiliklar lentasi
0