Toshkentda muzlama sababli yo‘lovchi marshruti yo‘ldan chiqib ketdi

© FacebookToshkentda marshrutka yo‘ldan chiqib ketdi
Toshkentda marshrutka yo‘ldan chiqib ketdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haydovchilarning aytishlaricha, shaharning markaziy ko‘chalarida muzlama yo‘q – tunda yo‘llarga qum va tuz sepilgan

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Dushanba kuni ertalab soat 9larda Toshkentda jiddiy YTH yuz berdi – yo‘lovchi marshruti yo‘ldan chiqib ketdi. Hodisa suratlari ijtimoiy tarmoqlarga joylandi, deb xabar bermoqda "Novosti Uzbekistana".

Mazkur voqea S-5 mavzesidagi "Sentral" kafesi ro‘parasida sodir bo‘ldi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, "Gazel" rusumli marshrut taksi sirpanchiq yo‘lda surilib ketgan va yo‘ldan chiqib ketgan.

© FacebookToshkentda marshrutka yo‘ldan chiqib ketdi
V Tashkente iz-za gololeda perevernulas marshrutka - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda marshrutka yo‘ldan chiqib ketdi

Hodisa joyiga YHXB xodimlari va tez tibbiy yordam mashinasi yetib kelgan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, yo‘lovchilardan hech kim jiddiy zarar ko‘rmagan.

Haydovchilarning aytishlaricha, shaharning markaziy ko‘chalarida muzlama yo‘q – tunda yo‘llarga qum va tuz sepilgan. Biroq ayrim ko‘chalarda muzlamaga duch kelish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0