Jamiyat

Erdoʻgʻon Mirziyoyevga saylovlarda omad tiladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka oʻtishTurkiya prezidenti Oʻzbekistonga tashrif buyurdi
Turkiya prezidenti Oʻzbekistonga tashrif buyurdi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Erdoʻgʻon Turkiya Oʻzbekiston mustaqilligini birinchi boʻlib tan olganligini eslatib oʻtdi va saylovlardan soʻng prezident tashrif uchun tanlaydigan birinchi mamlakat Turkiya boʻlishiga umid bildirdi

TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdoʻgʻon Samarqandda Oʻzbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkatom Mirziyoyev bilan uchrashdi.

Turkiya prezidenti 17 noyabr kuni Oʻzbekistonga tashrif bilan keldi. Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Adham Ikromov kutib oldi

Mehmon dastlab Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi, deb xabar berdi Turkiya prezidenti matbuot xizmati.

Turkiya prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Erdoʻgʻon Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

"Men uzoq vaqtdan buyon tashrif buyura olmagan Oʻzbekistonda ekanligimdan juda mamnunman. Afsuski, men Xitoyda ish boshlagan G20 sammitida boʻlganligim sababli marhum Islom Karimovning dafn marosimiga kela olmadim. Dafn marosimida mamlakatimiz nomidan bosh vazir oʻrinbosari Tugʻrul Turkesh ishtirok etdi. Bugun janob Islom Karimov qabrini ziyorat qilish va xalqimiz nomidan u kishining xotirasiga hurmat bajo keltirish imkoniyatiga ega boʻldim. Butun oʻzbek xalqiga oʻz taʼziyamni bildiraman", — dedi Erdoʻgʻon.

Turkiya rahbari Oʻzbekiston mustahkam davlatchilik anʼanalari, boy tarixiy merosi va strategik joylashuviga koʻra mintaqadagi barqarorlik garovi ekanligini qayd etdi. U 4 dekabr kuni boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlarida Shavkat Mirziyoyevga omad tiladi. 

Erdoʻgʻon Oʻzbekistondagi saylovlardan soʻng prezident tashrif uchun tanlaydigan birinchi mamlakat Turkiya boʻlishiga yoki davlat rahbarlari darajasidagi tashrif uchun Turkiya delegatsiyasi respublikaga taklif etilishiga umid bildirdi.

"Biz sizning tashrifingizdan mamnun boʻlar edik. Bu biz uchun muhim ahamiyatga ega boʻladi", — dedi Erdoʻgʻon. Prezident shuningdek, barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish zarurligini bildirdi. U Oʻzbekiston mustaqilligini birinchi boʻlib Turkiya tan olganligini eslatib oʻtdi.

Turkiya prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Toyib Erdoʻgʻon Samarqandga yetib keldi

"Oʻzbek va turk xalqlari, dinimiz, tilimiz, tariximiz va mdaniyatimiz bir-biriga juda yaqin va oʻzaro bogʻliq, davlatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni munosib doʻstlik darajasiga olib chiqishni, hamkorlikning yangi sahifasini ochishni istaymiz", — dedi u.

Turkiya yetakchisining aytishicha, oktyabr oyida Turkiya TIV rahbarining Toshkentga tashrifi vaqtida ikki tomon oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan «yoʻl xaritasi» ishlab chiqilishi yuzasidan muzokaralar oʻtkazilgan.

"Mazkur hujjatni takomillashtirishda Oʻzbekiston tomonining hissa qoʻshishi hamda tegishli taklif va mulohazalarni kutib qolamiz. Umid qilamizki, qisqa vaqt ichida tomonlar kelishuvga erishadi va hujjatda aks etgan fikrlar hayotga tatbiq etiladi", — dedi Turkiya prezidenti.

Shavkat Mirziyoyev, oʻz navbatida, Turkiya prezidentining Oʻzbekistonga tashrifidan mamnunligini bildirdi.

"Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat qilish uchun shaxsan tashrif buyurib, marhumning xotirasiga hurmat bajo keltirganingizdan minnatdorman. Islom Karimov mustaqil Oʻzbekistonning meʼmori edi", — dedi Mirziyoyev.

Shundan soʻng Oʻzbekiston va Turkiya TIV rahbarlari Abdulaziz Kamilov hamda Mavlud Chovushoʻgʻli ishtirokida ikki davlat rahbarining muzokaralari boʻlib oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0