TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Turkiya Respublikasi prezidenti O‘zbekistonga keldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
"Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on 17-noyabr kuni mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 18-noyabrga mo‘ljallangan.
Turkiya Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on uchrashuvi chog‘ida O‘zbekiston – Turkiya hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
"Biz qardosh o‘zbek xalqi bilan munosabatlarni rivojlantirishni istar edik. O‘zbekiston tomon ham biz bilan munosabatlarni rivojlantirish istagida ekanligini ko‘rib turibmiz. O‘zbekistonga safarim davomida o‘zbek og‘alarimiz bilan munosabatlarda yangi tarix sahifasini ochish istagidaman", — deb ta’kidlagan Erdo‘g‘on xalqaro Anqara aeroportida o‘tkazilgan matbuot-anjumanida.