TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi, deb xabar qilmoqda Turkiya prezidenti matbuot-xizmati.
Erdo‘g‘on boshchiligida O‘zbekistonga tashrif buyurgan turk delegatsiyasiga O‘zbekistonning muvaqqat prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov hamrohlik qilishgan. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi muftiysi Usmonxon Alimov marhum xotirasiga Qur’on tilovat qilgach, Erdog‘on va Mirziyoyev muzokaralar o‘tkazish uchun yo‘l olganlar.
O‘zbekiston TIV axborotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on uchrashuvi chog‘ida O‘zbekiston – Turkiya hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.