ZRK S-400 va "Moskva" kreyseri Suriyada jangovor navbatchilikni boshlashdi

Obuna bo‘lish
S-400 Zenit-raketa kompleksi “Xmeymim" aviabazasiga olib kelindi. Bundan maqsad “Moskva” kreyseri bilan birgalikda Rossiya Havo-kosmik kuchlarini havodagi xavflardan himoya qilish.

Suriyada joylashgan Rossiyaning "Xmeymim" aviabazasiga tezkorlik bilan yetkizilgan S-400 zenit-raketa kompleksi, “Moskva” kreyserida joylashtirilgan “Fort” majmuasi bilan birgalikda Rossiya harbiy samolyotlari xavfsizligini ta’minlashi kerak.

“Rossiya Harbiy kuchlarining oliy qo‘mondoni qaroriga binoan Rossiyaning "Xmeymim" aviabazasiga S-400 ZRKsi tezkorlik bilan olib kelindi va jangovor navbatchilikka kirishdi,” –dedi Mudofa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov.   

Harbiy-texnik hamkorlik masalalari bo‘yicha Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Kojinning aytishiga qaraganda, Suriyaga olib borilgan S-400 Sotilmaydi va jangovor vazifa tugagach Rossiyaga qaytib olib kelinadi.

Ushbu majmua havodagi turli xil xavflar bilan kurashishga mo‘ljallangan. Jumladan xalal beruvchi samolyotlar, Radiolokatsiya samolyotlari, razvedka samololari, strategik va taktik aviatsiya, billistik raketalar, gipertovush tezligida harakatlanuvchi jismlar va boshqa zamonaviy havo hujumi vositalariga qarshi qaratilgan.

Chorshanba kuni ma’lum bo‘lishiga qaraganda, Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vazirligi so‘roviga binoan "Xmeymim" aviabazasiga havo hujumiga qarshi eng yangi qurol S-400 zenit-raketa kompleksini olib kelishga ruxsat berdi.

Eslatib o‘tamiz, S-400 zenit-raketa kompleksi bu hujum emas mudofaa quroli. Rossiya Suriyadagi jangovor operatsiyaning dastlabki rejasida S-400 kompleksini ishlatish — albatta yo‘q edi. Chunki Suriya hududida o‘rnashib olgan terrorchilarning 3-4 kmdan balandga zarba beradigan qurollari yo‘q. Bomdardimonchi samolyotlar esa 6 —10 km balandlikda uchadi.  

24 noyabr kuni Suriya hududida Turk havo kuchlari tomonidan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilishi Rossiyaning jangovor strategiyasini o‘zgartirishga sabab bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0