Lola Karimova Islom Karimov nomidagi fondga asos soldi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishIslom Karimov
Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jamg‘armaning asosiy maqsadi - O‘zbekiston tarixiy, madaniy va adabiy merosini mamlakat ichida va undan chetda ommalashtirishdan iborat

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekistonning Birinchi Prezidentining qizi Lola Karimova-Tillayeva, marhumning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova Islom Karimov nomidagi jamoatchilik xayriya fondini ta’sis etdilar, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Lola Karimova bu haqda o‘zining Feysbukdagi sahifasida aytib o‘tgan.

"Yurtimizning Birinchi Prezidenti olamdan o‘tganlariga ikki yarim oy bo‘ldi. Otamning xotiralari va hayotda amal qilgan tamoyillarini abadiylashtirish maqsadida men onam bilan birgalikda Islom Karimov nomi bilan ataluvchi jamoatchilik xayriya Fondiga asos soldik. Fond o‘z oldiga O‘zbekistonning birinchi Prezidenti xotirasiga bag‘ishlangan muzeyni tashkil qilish va Vatanimiz mustaqilligining asoschisi to‘g‘risida maqola va asarlar nashr etishni maqsad qilib olgan.

Fondning birlamchi vazifalaridan biri mamlakatimiz hamda horijda O‘zbekistonning tarixiy, madaniy va adabiy merosini targ‘ib qilishga mo‘ljallangan dasturlarni amalga oshirishdan iboratdir.

Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Moskva markazidagi xiyobonga Islom Karimov nomi berildi
Islom Karimov Fondi tomonidan yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga, oliy o‘quv yurti va maktab murabbiylari hamda tibbiyot xodimlarining kasbiy malakalarini oshirishga yo‘naltirilgan turli ilmiy-ma’rifiy, madaniy dastur va loyihalar amalga oshiriladi. Ushbu dasturlar doirasida Islom Karimov Fondi iste’dodli yoshlarga mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning eng ilg‘or oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishlari uchun grantlar taqdim etadi. Mamlakatimizda ilm-fanning taraqqiyotiga hissa qo‘shish maqsadida Fond tomonidan ilmiy tadqiqot dasturlariga ham grantlar ajratish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Islom Karimov Fondi o‘z faoliyatida o‘zbek tilini rivojlantirishga alohida ahamiyat berishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan. Fond tomonidan o‘zbek klassik hamda zamonaviy yozuvchilar asarlarini chet tillarga tarjimasi va nashri uchun grantlar beriladi.

Ona yurtimizning an’analari, adabiyoti hamda xalqimizing boy madaniy merosining boshqa jabhalariga tegishli adabiyotlar nashr etmoqlik ham Fond faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi.
Islom Karimov Fondi xalqimizning avloddan avlodga, asrlar osha o‘tib kelayotgan hunarmandchilik an’analarini asrash va qo‘llab quvvatlashni ko‘zda tutgan loyihalarni ham amalga oshiradi.

O‘zbek zamonaviy tasviriy san’at maktabini taraqqiy ettirish maqsadida Islom Karimov Fondi o‘zbek san’at ustalari tomonidan yaratilgan eng yaxshi asarlar kolleksiyasini to‘plashni hamda mashhur rassomlar va istyedodli yosh san’atkorlarning ko‘rgazmalarini tashkil etishni o‘z birlamchi vazifalaridan biri qilib belgilagan.

Rossiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova Toshkentdagi yonib ketgan masjidni qayta qurib, uni "Islom ota" deya nomladi
Islom Karimov Fondi mana 14-yildan buyon ota-ona qaramog‘isiz qolgan va nogiron bolalar va yoshlarga har tomonlama yordam ko‘rsatib kelayotgan “Sen yolg‘iz emassan” jamoatchilik bolalar fondi bilan ham hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Islom Karimov Fondi yurtimizda istiqomat qiluvchi ko‘pgina insonlarga o‘z salohiyatini amalga oshirishda yordam berib, ona O‘zbekistonimizning madaniy va marifiy rivojiga o‘z salmoqli hissasini qo‘shadi, deb umid qilaman.
Men mehribon Allohdan otamning oxiratlarini obod qilishini va boshlagan xayrli ishlarimizda bizga madadkor bo‘lishini so‘rayman", — deb qayd etgan Lola Karimova.

Yangiliklar lentasi
0