TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Samarqand shahrida korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha fuqarolar xabardorligi va huquqiy ongini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Samarqand shahri hokimligi matbuot-xizmati.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondihamda Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda viloyat ommaviy axborot vositalari hamda nodavlat notijorat tashkiloti vakillari ishtirok etgan.
"Global muammolardan biri sanalgan korrupsiya fuqarolarning ijtimoiy adolatga nisbatan ishonchini keskin pasaytiradi, – deydi "Xalq so‘zi" gazetasining bo‘lim boshlig‘i Q.Xidirov. – Mazkur muammoga qarshi qator xalqaro hujjatlar kuchga kirgan, o‘z navbatida ular mamlakatimizda ham ratifikatsiya qilingan.