TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. O‘zbekiston huquqni saqlash organlari Samarqand Davlat universiteti o‘qituvchilarini abituriyentlardan 16 ming $ pora olish vaqtida hibsga olishdi, podrobno.uz xabariga asosan.
“Yadroviy fizika fakulteti dotsenti va qabul komissiyasi vakili Orif Mamatqulov, ushbu kaferda assistenti Umid Abduraxmonov va to‘rtinchi kurs talabasi Elbek Ergashev ikki abituriyentdan qabul masalasini hal qilish uchun 16 ming dollar talab qilishgan”, — deyilgan xabarda.
Mamatqulov OTMda ishlagan davrida 2007-yildan boshlab abituriyentlardan pul olishning samarali ishlaydigan tizimni tashkil qilgan. Ular abituriyent va ularning qarindoshlaridan test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tishga yordam evaziga pul olishgan. Ularning tizimi OTMning ayrim o‘qituvchilari bilan kelishuv hamda Davlat Test markazi hujjatlarini qalbakilashtirishga asosalangan bo‘lgan, — deyilgan huquqni saqlash organlari vakili xabarida.
Ushbu ish yuzasidan jinoyat kodeksining “Firibgarlik” va “Pora olish” bandlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Poraxo‘rlarga 10-yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.