Mirziyoyev Oliy Majlis parlamentiga korrupsiyaga qarshi qonunchilik loyihasini kiritdi

"Oliy Majlis" binosi
Oliy Majlis binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur Qonun loyihasi korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda ishlab chiqilgani ta’kidlanmoqda

TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini kiritish haqida qonunchilik tashabbusini bildirdi. Tashabbus matni O‘zbekiston TIV rasmiy saytida keltirilgan.

Amerika valyutasi konvert ichida - Sputnik O‘zbekiston
Yil oxiriga qadar O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqiladi
Xabarda aytilishicha, Qonun loyihasi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni to‘liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, shuningdek korrupsiyani ijtimoiy hayotning barcha sohalaridan to‘liq bartaraf etishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga qaratilgan.

Qonun loyihasida korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari hamda bu boradagi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari, vakolatli organlar tizimi, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning mazkur sohadagi ishtiroki, shuningdek xalqaro hamkorlik mustahkamlab qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashuvchi subyektlarning faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlash va hamkorligini kuchaytirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasini tuzish va uning tarkibiga tadbirkorlar jamoat birlashmalarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillarini kiritish nazarda tutilmoqda.

Oliy o‘quv yurtlari domlalari talabalardan pora olmaslikka va’da berdi
Shunday qilib, qonunning amalga kiritilishi fuqarolar huquq va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlashning qo‘shimcha huquqiy kafolatlarini yaratadi, xususiy mulk huquqiga g‘ayriqonuniy tajovuzlarni, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlarni cheklashga ko‘maklashadi va natijada ishchanlik faolligi o‘sishiga hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi oshishiga olib keladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga asosan "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muhokamasiga kiritilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0