O‘zbekiston Rossiya supermarketlariga 117million $lik meva yetkazib beradi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMeva va sabzavotlar rastasi
Meva va sabzavotlar rastasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tomonidan yetkazib beriladigan xo‘l meva va sabzavotlar Rossiyaning 7 mingdan ziyod savdo obyektlarida stuvga qo‘yiladi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. O‘zbekiston meva va sabzavotlari yaqin kelajakda Rossiyadagi supermarketlar rastalarida sotuvga qo‘yiladi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

"O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi oziq-ovqat sotuvchi kompaniyasi — X5 Retail Group o‘rtasida meva va sabzavotlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi", — deydi muxbir.

Sho‘rdanak - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston eksport qiladigan eng qimmatbaho oziq-ovqat mahsulotlari
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavotlarni yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar bir necha oy davom etgan. Rossiya tomon mahsulot yetkazib berilishi tizimini chuqur o‘rgangan bo‘lsa, X5 Retail Group vakillari meva va sabzavotlar qay tarzda yetishtirilishi, qanday shart-sharoitlarda qadoqlanib, qayta ishlanishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish uchun joriy yilning yoz mavsumida O‘zbekistonga tashrif uyushtirganlar.

"Kompaniya vakillari ishlab chiqarish jarayoni va logistika xizmati sifatidan mamnun bo‘ldilar", — deb ta’kidlagan muxbirga "O‘zagroeksport" kompaniyasi vakili.

Endilikda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Rossiyaning 53 ta subyekti(bu — Rossiya bo‘yicha 7 mingdan ziyod savdo obyektlari demakdir, tahr.)da sotuvga chiqariladi. Ular orasida, jamoatchilik orasida eng keng tarqalgan — "Paterochka", "Perekrestok Ekspress", "Karusel" singari supermarketlar ham bor.

Sabzavotlar savdosi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya “Yashil yo‘lagi" noyabrda ishga tushadi
Eslatib o‘tamiz, yil boshidan buyon O‘zbekistondan Rossiyaga yetkazib berilayotgan xo‘l va qayta ishlangan meva-sabzavotlar hajmi ikki barobarga ortgan. Joriy yilning noyabr oyi oxirigacha O‘zbekiston va Rossiya "yashil koridor"ni ishga tushirmoqchi.

2016 yilning 10 oyida O‘zbekiston xorijga 700 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilgan, yil oxiriga qadar esa ushbu ko‘rsatkich 1 million tonnaga yetkazilishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0