O‘zbekiston eksport qiladigan eng qimmatbaho oziq-ovqat mahsulotlari

© StringerSho‘rdanak
Sho‘rdanak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eksportga yuboriladigan bir tonna sho‘rdanak narxi – 3-4 ming $ ni tashkil qilar ekan.

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekiston eksport qiladigan eng qimmatbaho mahsulot bu – sho‘rdanak ekan, deb yozadi Nuz.uz

Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasidagi savdo sotiq shartnomalari natijalariga ko‘ra, ushbu mahsulot uchun eng arzon eksport narxi tonnasiga 3000– 4000 $ ni tashkil qilar ekan.  

Qimmatligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda "Rizamat" navli uzum turar ekan, uning eksport narxi tonnasiga 1840$ dan 2500 $ ni tashkil qildi. Uchinchi o‘rinda esa gilos — tonnasiga 1700 $ dan 2300 $ gacha sotilar ekan.

Sabzavotlar uchun o‘rtacha narxlar tonnasiga lavlagi uchun – 40 $, oshqovoq uchun – 50 $, sholg‘om – 55 $ ni tashkil qiladi.

Mahsulot eksport narxlari yarmarkada o‘tkazilgan savdoda, dunyo bozoridagi narxlar hamda talab va taklifga qarab aniqlanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0