O‘zbekiston va Rossiya “Yashil yo‘lagi" noyabrda ishga tushadi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishSabzavotlar savdosi
Sabzavotlar savdosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelishilgan shartnomaga ko‘ra, O‘zbekistondan Rossiyaga olib kelinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini bojxona va fitosanitar nazoratdan o‘tkazish jarayonini osonlashtiradigan va tezlashtiradigan “Yashil yo‘lak” tizimi noyabr oyida ishga tushishi kerak.

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya noyabr oxiriga qadar “Yashil yo‘lak” tizimi tashkil qilish borasidagi shartnomalarni imzolashi kerak, dedi bugun Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan meva-sabzavot yarmarkasi davomida bosh vazir o‘rinbosari Ulugbek Rozukulov.

Ushbu tashabbus O‘zbekistondan Rossiyaga olib kelinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini bojxona va fitosanitar nazoratdan o‘tkazish jarayonini osonlashtirishi va tezlashtirishi kerak.

“Rossiya Federatsiyasi hukumati bilan hamkorlikda biz “yashil yo‘lak” loyihasini amalga oshirmoqdamiz. Ushbu tizim O‘zbekistonda yetishtirilayotgan ho‘l va quritilgan meva- sabzavot  mahsulotlarini Rossiyaning turli hududlaridagi xaridorlarga yetkizib berish jarayonini tezlashtirib mahsulot hajmini oshirishi kerak”, — dedi Rozuqulov.  

Uning so‘zlariga qaraganda noyabr oyining oxiriga qadar ushbu muhim loyiha borasida kerakli hujjatlar imzolanishi kerak. Rossiya bozorida O‘zbekistonning asosiy hamkorlari sifatida "Sibirskiy alyans", "Magnit", "Perekrestok", "Agrolayn" va X5 Retail Group korxonalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Savdo do‘koni - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiyaga “yashil yo‘lak” yaratishni taklif qildi

“Oxirgi yillarda O‘zbekistondan Rossiya va qo‘shni mamlakatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkizib berilayotgan meva-sabzavotlar hajmi uch baravar oshdi. Janubiy Koreyaga – besh baravar, BAAga – 1,8 baravar, Germaniyaga – 1,6 baravar. Yil yakuni natijalariga ko‘ra O‘zbekistondan meva-sabzavot eksporti hajmi 1,4 baravar oshishi kutilmoqda”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.  

Rozuqulov aytishiga qaraganda 2016-yilning 10 oyi davomida O‘zbekiston 700 ming tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksport qildi. Yil oxiriga qadar ushbu ko‘rsatkich 1 million tonnaga yetkizilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning 9 oyida O‘zbekistonda 2,3 million tonna kartoshka, 8,2 million tonna boshqa sabzavotlar, 1,5 million tonna poliz mahsulotlari, 1,2 million tonnadan ortiq uzum va 2 million tonnadan ortiq boshqa mevalar yetishtirildi.

Yangiliklar lentasi
0