Siyosat

Narimon Umarov - oʻz faoliyatini muhandislikdan boshlagan nomzod

© Press-slujba partii "Adolat""Adolat" partiyasidan prezidentlikka nomzod Narimon Umarov
Adolat partiyasidan prezidentlikka nomzod Narimon Umarov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Narimon Umarov mehnat faoliyatini 1974-yilda "Gidroingeo" ilmiy tekshirish institutida katta texnik xodim lavozimidan boshlagan

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Oʻzbekiston TIV rasmiy portalida Oʻzbekiston Prezidentligiga nomzodlarning tarjimai hollari eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston "Adolat" Sotsial-demokratik partiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Majitovich Umarov 1952-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. Maʼlumoti – oliy. 1974-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – muhandis-gidrogeolog. Geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.

Matbuot - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Narimon Umarov matbuotni yanada erkinlashtirish tarafdori
Mehnat faoliyatini 1974-yilda"Gidroingeo" ilmiy tekshirish institutida katta texnik xodim lavozimidan boshlab, ilmiy ishlar boʻyicha direktor muovini lavozimigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. U sugʻorilayotgan erlarning meliorativ holatini yaxshilash, Orol dengizi qurishi bilan bogʻliq gidrogeologik prognozlarni ishlab chiqish, er osti suvlaridan iqtisodiyotda oqilona foydalanish yoʻnalishlarida tadqiqotlar olib bordi.

1997-2009-yillarda Tabiatni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi huzuridagi Analitik nazoratga ixtisoslashgan davlat inspektsiyasi boshligʻi lavozimida ishlab, atrof tabiiy muhit holatini monitoring qilishda yagona davlat tizimini ishlab chiqish boʻyicha ishlarni boshqargan.

2009-2013-yillarda Tabiatni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda bevosita ishtirok etgan.

Adolat va qonun timsoli - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Umarov demokratik davlat va adolatli jamiyat qurish tarafdori
2009-yildan "Ekosan" ekologiya va salomatlik Xalqaro xayriya jamgʻarmasining boshqaruvi raisi, 2013-yildan Oʻzbekiston "Adolat" SDP Siyosiy Kengashi raisi etib saylangan. Egallab turgan lavozimida davlat hokimiyati vakillik organlarida "Adolat" SDP deputatlik guruhlarining faoliyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etib kelmoqda.

2014-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi, 2015-yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, Oʻzbekiston "Adolat" SDP fraktsiyasi rahbari sifatida faoliyat koʻrsatmoqda.

2012-yilda Narimon Umarov "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan.

Oilali. Uch nafar farzandning otasi. Rafiqasi X.Xoʻjaeva – pensioner.

Yangiliklar lentasi
0