TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Narimon Umarov «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi VIII Qurultoyidagi ma’ruzasida o‘zining saylovoldi dasturidan o‘rin olgan davlat va jamiyat qurishga oid bir qator muhim g‘oya va yo‘nalishlarni aytib o‘tildi.
“Biz, eng avvalo, demokratik ijtimoiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurishni asosiy maqsadimiz, deb hisoblaymiz”, — dedi Umarov.
Nomzodning fikriga ko‘ra, davlat va jamiyatda adolat bor joyda ish yurishadi, yurtda fayzu baraka bo‘ladi, odamlarda mehr-oqibat kuchayadi va yuksak muvaffaqiyatlarga erishiladi.
Shuningdek, Umarov jamiyatda aholining daromadi bo‘yicha keskin tabaqalanishiga yo‘l qo‘yilmaslikni va fuqarolarning kuchli ijtimoiy himoyasi qilish g‘oyasinini oldinga surdi.
“Adolat” partiyasi vakili davlat va jamiyat boshqaruvida aholining munosib ishtirokini ta’minlash ham partiya faoliyati qaratilgan muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lishini aytib o‘tdi.
Bu borada “Adolat” partiyasi vakillik hokimiyati, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirish, parlamentarizmni rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga oshkoralik, ochiqlik va hisobdorlik tamoyillarini keng joriy etish tarafdori ekanligi ma’lum qilindi.
Shuningdek, hokimiyat boshqaruv organlari hamda fuqarolar o‘rtasida o‘zaro ochiq muloqot va to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatlarni yanada kengaytirish, davlat xizmati va davlat xizmatchilari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash g‘oyasini qo‘llab quvvatlashi ma’lum qilindi.
Partiya rahbarining fikriga ko‘ra, davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirish va eng maqbul qarorlarni shakllantirish va qabul qilishda aholining faol ishtirokini ta’minlash, burokratizm va korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlarini bartaraf etishga ham xizmat qiladi.