O‘zbekistonda chilim reklamasi uchun jazo joriy etildi

© Sputnik / Igor Mixalev / Mediabankka o‘tishTamaki mahsuloti reklamasi
Tamaki mahsuloti reklamasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jamoat joylarida alkogol va tamaki mahsulotlari reklamasini joylashtirgan, targ‘ib qilgan shaxslar qonunchilikka asosan javobgarlikka tortiladi

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi chilim reklamasi uchun javobgarlik borligi haqida ogohlantirdi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Qo‘mita umumiy ovqatlanish korxonalari, mazkur mahsulotni ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilarga tegishli mazmunda maktub jo‘natdi.

Sayt. - Sputnik O‘zbekiston
Ijtimoiy tarmoqlarda spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlari reklamasi ta’qiqlandi

"Bugungi kunda reklama joylashtirish holatlari, shuningdek, binolar oldiga, ijtimoiy tarmoqlarda tashqi reklama joylashtirish orqali alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlari, xususan chilim iste’mol qilishga chaqiriqlar bo‘layotgani qayd etilmoqda. Ta’kidlash zarurki, ayrim umumiy ovqatlanish maskanlari rahbarlari tomonidan tamaki mahsulotlari, xususan chilim iste’mol qilish uchun iste’molchilarga sharoit yaratilishi orqali respublikada amal qilayotgan qonunchilik buzilmoqda", — deyiladi qo‘mita xabarnomasida.

Shu bois davlat raqobat qo‘mitasi jamoat joylarida alkogol va tamaki mahsulotlari reklamasini joylashtirgan, targ‘ib qilgan shaxslar qonunchilikka asosan javobgarlikka tortilishlari haqida ogohlantiradi.

O‘zbekiston Respublikasining "Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida"gi Qonuniga ko‘ra, alkogol va tamaki mahsulotlarini reklama qilish hamda ularni iste’mol qilishga targ‘ib etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni alkogol va tamaki mahsulotlari iste’mol qilishni rag‘batlantiruvchi, shaxsda ularni iste’mol qilishning zararsizligi haqida tasavvurni shakllantiruvchi g‘oyalar, qarashlar hamda badiiy obrazlarni oshkora yoki yashirin shaklda tarqatishga qaratilgan xatti-harakatlar taqiqlanadi.

2011 yil oktabrdan boshlab O‘zbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlarini ta’lim, sport muassasalari va diniy idoralardan besh yuz metrdan kam radiusda sotish mutlaq taqiqlangan.

Chekish zarari ko‘rsatilgan sigaret qutilari - Sputnik O‘zbekiston
Alkogol va tamaki mahsulotlari sotish qoidalari o‘zgartirildi

Bundan tashqari, hukumat joriy yildan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish bo‘yicha chakana savdo qoidalariga o‘zgartirish kiritdi. Unga ko‘ra, agar mahsulot bolalar o‘yinchoqlari, konfetlar yoki bolalar assortimenti boshqa tovarlari ko‘rinishida bo‘lsa,  alkogolli mahsulot idishida yoki tamaki mahsuloti qutisida (o‘ramida) ularni iste’mol qilishning inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi matn va (yoki) rasm shaklidagi tibbiy ogohlantirish mavjud bo‘lmaganda bu mahsulotlarni sotish taqiqlanadi.

Hujjatga shuningdek, alkogolli mahsulotlarni va tamaki mahsulotlarini sotayotgan sotuvchi ko‘rinishi yigirma yoshdan kichik ko‘ringan xaridordan uning yoshini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishni talab qilishi, hujjat mavjud bo‘lmagan taqdirda esa sotishni rad etishi shartligi haqidagi majburiyat kiritildi. Sotish joylarida alkogolli ichimliklar yigirma yoshga to‘lmagan shaxslarga sotilmasligi, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarining inson sog‘lig‘iga salbiy ta’siri to‘g‘risida ogohlantiruvchi yozuvlar bo‘lishi shart.

Yangiliklar lentasi
0