Alkogol va tamaki mahsulotlari sotish qoidalari o‘zgartirildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishChekish zarari ko‘rsatilgan sigaret qutilari
Chekish zarari ko‘rsatilgan sigaret qutilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlar mahkamasi qabul qilgan qonunda, O‘zbekistonda 20 yoshdan yosh bo‘lgan fuqarolarga alkogol ichimliklar va tamaki mahsulotlari sotish ta’qiqlandi.

TOShKENT 20-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 287 sonli qarori bilan “Chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatish qoidalari”ga qo‘shimchalar va o‘zgarishlar kiritdi.

O‘zgarishlar va qo‘shimchalar alkogol hamda tamaki mahsulotlarini yosh fuqarolarga sotishni oldini olishga qaratilgan. Qarorning to‘liq matni bilan Lex.UZ saytida tanishishingiz mumkin.

Bundan buyon sotuvchi, alkogol yoki tamamki mahsulotlari sotganda xaridorlardan ularning yoshini so‘rashi, yosh ko‘ringan xaridorlardan hujjat talab qilishi shart. Hujjat bo‘lmagan taqdirda –unga mahsulot sotilmasligi kerak.

Alkogol va tamaki mahsulotlari upakovkasida ushbu mahsulotning sog‘liqqa zararli ekanligi haqida tibbiy ogohlantirish bo‘lmagan taqdirda ham, ularni sotuvga chiqarish ta’qiqlanadi.

Ushbu qoidalar nafaqat do‘konlarda, balkim oshxona, restoran, kafe va avtomatik mahsulot sotish moslamalarida ham amal qiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0