TOShKENT, 10 noya – Sputnik. Sergelining eski Sputnik massivida 500 ta yangi uy qurilishi loyihasi ko‘pchillikni hayratga solgan edi. Sputnik.O‘zbekiston muxbiri eski uylarni buzish va ularning o‘rniga yangi uylar bilan ta’minlash jarayoni qanday kechayotgani bilan qiziqdi.
Oxirgi 20-yil davomida birinchi marta, hukumat rasman aholi uchun sotib olish mumkin bo‘lgan, narxi qimmat bo‘lmagan uylar qurishga qaror qildi, chunki narxi osmonu falak bo‘lgan “bank uylari” hammaning joniga tegib bo‘ldi.
Muammo atrofida
Yog‘och uylarni buzosh haqidagi qaror aholi orasida turli mish-mishlar tarqalishiga sabab bo‘ldi. Qo‘shni tumanlarda yashovchilar ushbu yangilikni xursand bo‘lib kutib olishdi, chunki ushbu “yog‘och mahalla” allaqachon kichik va katta bezorilar, lo‘lilar yashaydigan joyga aylanib qolgan edi.
Ustiga ustak, yangi uylar qurilishi Sirg‘aliga yer usti metrosi o‘tkazish rejasi bilan bir vaqtda e’lon qilindi. Bu esa aholi uzoq vaqtdan beri entiqib kutgan narsa edi.
Yog‘och uylarda yashayotganlar esa ushbu yangilikni sergaklik bilan kutib olishdi. Gap, ularning o‘zi yashab turgan uylarini yaxshi ko‘rishida emas, balkim hukumat bu safar o‘z va’dasi ustidan chiqarmikin, yo‘qmikin deb o‘ylanishida bo‘ldi. Ularni tushunish mumkin, chunki oxirgi yillarda berilgan va’dalarning ko‘pi gazeta varaqlari-yu, televizor ekranlarida qolib ketgan edi…
Afsona va haqiqat
Yaxshilab so‘rab bilsak, yog‘och uylar aholisi muammolari boshqa tomonda ekan.
“Ha, haqiqatdan ham eski uylar buzilmoqda, lekin ularning o‘rniga uy bermasdan odamlarni ko‘chaga quvishayapti degan gaplar yolg‘on”, — deydi yaqinda buzilishi kera bo‘lgan uyda yashovchi Feruza.
Ko‘pchillik aytishiga qaraganda, Sergeli tuman hokimiyati aholiga ishonchli va aniq ma’lumotni o‘z vaqtida yetkizib bermayotgani uchun internetda har xil mish-mishlar tarqalayotgan ekan.
“Men qizim bilan ikki xonali kvartirada ro‘yxatdan o‘tganmiz. Bizga Toshkentning Yunusobod, Sirg‘ali va Qo‘yliq tumanilaridan o‘z kvartiramizga teng bo‘lgan ikki xonali kvartira taklif qilishdi. Ular yangi uylarda emas, lekin shunisiga ham raxmat. Bu borada ish yaxshi tashkil qilingan, rasmiy rieltorlar uy topishda yordam bermoqda. Kvartiralar tanlangan, hammasi hal qilingan bo‘lsada, kalitlarni hali berishmadi. Qoida bo‘yicha bizni uy buzilgunicha kutishimiz kerak ekan”, — deydi norozi bo‘lib Feruza.
Yog‘och uyda yashovchilar orasida tarqalgan yana bir gap – quruvchilar uyda barcha santexnika, suv isitish qozonlari va yangi eshiklarni o‘z joyida qoldirishni talab qilishayotgan ekan.
Shunday qoida haqiqatdan ham borligini bizga yuristlar tasdiqlashdi. 2006-yilda qabul qilingan tartibga ko‘ra, qurilish maydonidagi barcha materiallar va qurilgan inshootlar quruvchi tashkilot ixtiyorida qolishi kerak ekan.
Alohida holatlarda, maxsus tuzilgan komissiya qaroriga asosan ayrim buyumlar eski egasiga berilishi ham mumkin ekan. Ushbu tartibga ko‘ra, aholini yangi joylarga ko‘chirish ham quruvchi tashkilot tomonidan amalgaoshirilishi kerak ekan.
Sergeli tuman hokimiyati aytishiga qaraganda, to‘rt yildan keyin ushbu joyda, eski yog‘och uylar o‘rnida 50 ta 9 qavatli ko‘p xonadonli uylar qurilar ekan. Bu esa 30 mingdan ortiq aholini uy bilan ta’minlash imkonini beradi.
Yangi quriladigan uylar haqida hozircha ma’lumot kam, lekin ularning tashqi ko‘rinishi va bu Sirg‘aliga o‘tkaziladigan yer usti metrosining eskizlari internetda ancha oldin paydo bo‘lgan. Qog‘ozda chiroyli va istiqbolli ko‘ringan loyihalar hayotda qanday bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.