TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Toshkent shahri Sergeli tumanida metropoliten qurilishi joriy yildan boshlanadi, deb xabar qilgan tuman ma’muriyati rahbari Furqat Maqsudxo‘jayev bugun o‘tkazilgan matbuot-anjumani davomida.
Maqsudxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, metropolitenning yangi yo‘li to‘liq yer ustida joylashgan bo‘lib, uning davomiyligi 8 kilometrni tashkil qiladi. Va u Chilonzor stansiyasining so‘nggi bekati bo‘lmish "Olmazor"dan "Sputnik" massivigacha davom etadi.
"Jami oltita stansiya bunyod etiladi. Oldindan qilingan hisob-kitoblarga ko‘ra, bu loyihani hayotga tatbiq etish uchun 4-yil vaqt kerak bo‘ladi", — deb ta’kidlagan u.
Loyihaga ko‘ra metropolitenning "Sergeli" yo‘li jami 12 bekatdan iborat bo‘ladi va ularning faqat 4 tasi (loyihaviy nomlari — "Choshtepa", "O‘zgarish", "Do‘stlik", "Sergeli") shaharning Sergeli tumanidan o‘tadi, qolgani esa Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab, Chilonzor buyum bozori, O‘rikzor bozori, Ibn Sino, Jarariq mavzelari orqali yangi ToshMIga yetib boradi.